https://oz.sputniknews.uz/20250912/haydovchi-jarima-ballari-51919940.html
Uch oy ichida 60 ming nafardan ziyod haydovchi jarima ballarini oldi
Uch oy ichida 60 ming nafardan ziyod haydovchi jarima ballarini oldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1-iyundan yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimi joriy etildi. Jarima ballari faqat YHXX inspektori rasmiylashtirganqarorlar asosida belgilanadi. Shuningdek, foto va videokameralar, radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisobga olinmaydi.
2025-09-12T13:44+0500
2025-09-12T13:44+0500
2025-09-12T14:45+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yo‘l harakati qoidalari (yhq)
haydovchilar
yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (yhxbb)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/0c/51924291_0:98:1473:927_1920x0_80_0_0_10d7062431574a65e02ab4e483ff549a.jpg
TOShKENT, 12 sen – Sputnik. O‘zbekistonda uch oy ichida 60 ming nafardan ziyod haydovchi jarima ballarini oldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) xabar bermoqda.Haydovchilarga qo‘llanilgan jarima ballari tahliliga ko‘ra:Shu bilan birga 9 million 325 ming nafardan ortiq haydovchi umuman jarima balli olmagan.Ta’kidlanishicha, o‘tgan uch oy ichida qoidabuzarliklar va yo‘l-transport hodisalari sezilarli darajada kamaygan. Xususan, iyun-avgust oylarida 167 mingta qoidabuzarlik aniqlangan. Bu 2024-yilning shu davriga nisbatan (285 mingta) 58 foizga kam.Shuningdek, bu davrda haydovchi aybi bilan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni 2024-yildagi 531 tadan joriy yilda 338 tagacha — 36 foizga qisqardi.Eslatamiz, O‘zbekistonda 1-iyundan yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimi joriy etildi. Jarima ballari faqat YHXX inspektori rasmiylashtirganqarorlar asosida belgilanadi. Shuningdek, foto va videokameralar, radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisobga olinmaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20250529/haydovchilar-jarima-49597557.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/0c/51924291_92:0:1328:927_1920x0_80_0_0_aa321280731a16ff7659bc8296c14c99.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston yo‘l harakati qoidabuzarliklari jarima ballari haydovchilar
o‘zbekiston yo‘l harakati qoidabuzarliklari jarima ballari haydovchilar
Uch oy ichida 60 ming nafardan ziyod haydovchi jarima ballarini oldi
13:44 12.09.2025 (yangilandi: 14:45 12.09.2025) O‘tgan davrda qoidabuzarliklar 58 foizga, yo‘l-transport hodisalari 36 foizga kamaygan.
TOShKENT, 12 sen – Sputnik. O‘zbekistonda uch oy ichida 60 ming nafardan ziyod haydovchi jarima ballarini oldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX)
xabar bermoqda.
Haydovchilarga qo‘llanilgan jarima ballari tahliliga ko‘ra:
5 ballgacha jarima to‘plaganlar — 4 nafar;
2 ballgacha — 4976 nafar;
1 ballgacha — 63 974 nafar haydovchini tashkil etgan.
Shu bilan birga 9 million 325 ming nafardan ortiq haydovchi umuman jarima balli olmagan.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan uch oy ichida qoidabuzarliklar va yo‘l-transport hodisalari sezilarli darajada kamaygan. Xususan, iyun-avgust oylarida 167 mingta qoidabuzarlik aniqlangan. Bu 2024-yilning shu davriga nisbatan (285 mingta) 58 foizga kam.
Shuningdek, bu davrda haydovchi aybi bilan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni 2024-yildagi 531 tadan joriy yilda 338 tagacha — 36 foizga qisqardi.
Eslatamiz, O‘zbekistonda 1-iyundan yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimi
joriy etildi. Jarima ballari faqat YHXX inspektori rasmiylashtirganqarorlar asosida belgilanadi. Shuningdek, foto va videokameralar, radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisobga olinmaydi.