Braziliya sudi sobiq prezident Jair Bolsonaruni 27-yilga qamoqqa hukm qildi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident Brazilii Jair Bolsonaru
Prezident Brazilii Jair Bolsonaru - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2025
Obuna bo‘lish
U davlat to‘ntarishiga uringanlikda aybdor deb topildi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Braziliyada sobiq prezident Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinish ishi bo‘yicha aybdor deb topildi va 27-yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Mamlakat Federal oliy sud shunday hukm qaror chiqardi.
Ma’lum bo‘lishicha, sud majlisida besh nafar sudya ishtirok etgan. Olib borilgan jarayon yakunida Bolsonaru quyidagi jinoyatlarda aybdor deb topilgan:
davlat to‘ntarishiga urinish;
jinoyatchi guruh tashkil etish;
qonun ustuvorligini kuch bilan izdan chiqarish.
Sud materiallarida ta’kidlanishicha, Bolsonaru va uning yaqin hamkorlari, jumladan, bir guruh harbiylar, 2022-yil dekabrida Luis Inasiu Lula da Silvaning inauguratsiyasini to‘sib qo‘yish va davlat to‘ntarishi uyushtirish rejasini muhokama qilgan.
Ular “Sariq-yashil xanjar” (Punhal Verde e Amarelo) nomli maxfiy operatsiya doirasida Lula da Silvani, vitse-prezident Jeralgu Alkminni va sudya Alexandri di Moraysni o‘ldirish rejasi ustida ham fikr yuritgani ham ma’lum bo‘lgan.
 Jair Bolsonaru - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2023
Braziliyalik senator Bolsonaruni AQShdan Braziliyaga ekstraditsiya qilishni so‘radi
Yangiliklar lentasi
0