Braziliyalik senator Bolsonaruni AQShdan Braziliyaga ekstraditsiya qilishni so‘radi

© AP Photo / Raul Spinasse Jair Bolsonaru
 Jair Bolsonaru - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2023
Obuna bo‘lish
Senator Bolsonaruni norozilik namoyishlari bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha tergovga qo‘shishni talab qilmoqda.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Braziliyalik senator Renan Kalxeyros Braziliya federal Oliy sudi sudyasi Aleksandr de Morayeshga mamlakatning sobiq prezidenti Jair Bolsonaruni zudlik bilan AQShdan Braziliyaga ekstraditsiya qilish bo‘yicha so‘rov yubordi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
Hujjatga ko‘ra, senator Bolsonaruni norozilik namoyishlari bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha tergovga qo‘shishni, uni antidemokratik harakatlardagi ishtirokini tushuntirish uchun sudga chaqirishni talab qilmoqda.
Kalxeyros, shuningdek, sobiq prezidentni 72 soat ichida Braziliyaga qaytarish to‘g‘risida buyruq chiqarishni so‘ragan va agar u belgilangan muddatda bajarilmasa, Bolsonaruni dastlabki hibsga olishni talab qilgan.
Bolsonaru o‘tgan yilning oxirida AQShga uchib ketgan va Braziliyaning yangi prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaga hokimiyatni topshirishda ishtirok etishni istamagan. Dushanba kuni u Florida shtatidagi shifoxonaga qorin sohasidagi kuchli og‘riq bilan yotqizilgani ma’lum bo‘ldi.
Avvalroq AQSh demokrat kongressmenlari Xoakin Kastro va Aleksandriya Okasio-Kortes AQSh rasmiylarini Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaruga “boshpana berishni to‘xtatish”ga va uni vataniga ekstraditsiya qilishga chaqirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru tarafdorlari 8-yanvar kuni politsiya bilan to‘qnashib, Braziliyadagi hukumat binolari – parlament, Federal Oliy sud va davlat rahbarining ishchi qarorgohiga bostirib kirdi.
Yangiliklar lentasi
0