O‘zbekiston va Vengriya: oliy ta’lim va innovatsiyalarda yangi bosqichlar muhokama qilindi

© Press-slujba ministerstva visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiyMinistr visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy vstretilsya s zamestitelem Gosudarstvennogo sekretarya Vengrii
Ministr visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy vstretilsya s zamestitelem Gosudarstvennogo sekretarya Vengrii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2025
Obuna bo‘lish
Boshqa masalalar qatorida uchrashuvda 14–15 oktabr kunlari Xiva shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchinchi O‘zbekiston–Vengriya oliy ta’lim forumiga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilindi.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. 10 sentabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov Vengriya davlat kotibi o‘rinbosari – bosh vazir apparatining siyosiy direktori ofisi rahbari Marton Ugroshdi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, Vengriya O‘zbekiston uchun Yevropadagi muhim strategik sherik bo‘lib, mamlakatimiz Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida ilk bor Vengriya bilan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan.
Uchrashuvda “Stipendium Hungaricum” dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi. Tomonlar, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlari, ikki diplomli yo‘nalishlar xamda akademik almashinuvlar tashkil etish masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.
Shuningdek, innovatsion texnologiyalar, sun’iy intellekt va yuqori texnologiya sohalarida qo‘shma tadqiqotlar, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, texnopark va inkubatorlar faoliyatida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun: “Stipendium Hungaricum” – Vengriya stipendiya dasturi bo‘lib, ta’limning barcha bosqichlarini qamrab oladigan, to‘liq 1–2 semestrlik (almashuv dasturi) grantlardan iborat.
Vstrecha xokima Tashkenta Shavkata Umurzakova i gubernatora Sankt-Peterburga Aleksandra Beglova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2025
Toshkent va Sankt-Peterburg o‘rtasida hamkorlik "yo‘l xaritasi" imzolandi
Yangiliklar lentasi
0