O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi

© Ministerstvo selskogo xozaystvaFlagi Uzbekistana i Kazaxstana
Flagi Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirlari strategik sheriklik va hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. 11 sentabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

"O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida erishilayotgan ijobiy natijalarni muhokama qildik. Mintaqaviy hamjihatlik va global chaqiriqlarni hal etishda yakdil yondashuvlarning muhimligini yana bir bor ta’kidladik", — deb yozdi Saidov o‘z Telegram-kanalida.

Shuningdek, bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlarga, shu jumladan mintaqaviy hamkorlik arxitekturasini mustahkamlashga qaratilgan oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qilindi.
Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan vstretilsya so Spetsialnim poslannikom Prezidenta SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2025
Baxtiyor Saidov AQSh prezidentining maxsus vakili bilan uchrashdi
Yangiliklar lentasi
0