Baxtiyor Saidov AQSh prezidentining maxsus vakili bilan uchrashdi

© Baxtiyor Saidov/TelegramMinistr inostrannix del Respubliki Uzbekistan vstretilsya so Spetsialnim poslannikom Prezidenta SShA
Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan vstretilsya so Spetsialnim poslannikom Prezidenta SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2025
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha fikr almashildi
TOShKENT, 28 avg – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSh prezidentining global hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

"Biz mamlakatlarimiz o‘rtasida yanada mustahkam ko‘priklar qurish — ta’lim va madaniyatdan tortib, innovatsiya va biznesgacha — haqida fikr almashdik. Xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish uchun katta, hali to‘liq ishga solinmagan salohiyat mavjud", — deya yozdi Saidov o‘zining Telegram-kanalida.

Xabarga ko‘ra, muloqot davomida mintaqaviy va global ahamiyatga ega bir qator masalalar ham ko‘rib chiqildi va yanada farovon kelajak uchun hamkorlikda ishlash bo‘yicha umumiy qarashlar bildirildi.
Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan vstretilsya s ministrom inostrannix del Yaponii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2025
O‘zbekiston va Yaponiya TIVlari o‘rtasida Strategik dialog bo‘yicha qo‘shma kommunike imzolandi
Yangiliklar lentasi
0