Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

© Sputnik / Zafar XalilovTashkent. Sentralniy bank Uzbekistana
Tashkent. Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2025
Obuna bo‘lish
11 sentabrdagi yig‘ilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi 11-sentabrdagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning ikkinchi choragida shakllangan iqtisodiy faollik va iste’mol talabi yuqori sur’atlarining narxlarga oshiruvchi ta’sirlari davom etdi. Shu bilan birga, o‘tgan yilgi baza ta’sirlari chiqib ketishi hisobiga avgust oyidan inflyatsiya pasaya boshladi.

“Iqtisodiyotdagi inflyatsion bosimni kamaytirish va o‘rta muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani joriy 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi”, - deyilgan regulyator xabarida.

Bank ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyida umumiy inflyatsiya iyulga nisbatan biroz pasayib, yillik hisobda 8,8 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘sishining sekinlashishi hisobiga bazaviy inflyatsiya 7,6 foizgacha pasaydi.
Shu bilan birga, yalpi talabning yuqori darajada saqlanishi sharoitida energiya narxlari oshishining ikkilamchi ta’sirlari xizmatlar inflyatsiyasining yuqori shakllanishida namoyon bo‘lmoqda.
Qayd etilishicha, so‘nggi oylarda mavsumiy omillar hamda almashuv kursining barqarorlashuvi hisobiga aholi va tadbirkorlar inflyatsion kutilmalarida pasayish tendensiyasi kuzatilgan bo‘lsa-da, mazkur kutilmalar umumiy inflyatsiya darajasidan yuqori bo‘lib qolmoqda.
“2025 yilning birinchi yarmida iqtisodiy o‘sish 7,2 foizgacha tezlashdi. Bunda, xizmatlar sohasining yuqori sur’atlari bilan birga sanoat, qurilish va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida ham sezilarli o‘sish qayd etildi”, - deyilgan xabarda.
Markaziy bankning ma’lum qilishicha, transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmining barqaror o‘sishi, iqtisodiyotda kreditlash sur’atlarining jadallashuvi, budjet xarajatlarining o‘sishi hamda investitsion faollikning yuqori bo‘lishi yalpi talabni faol rag‘batlantiruvchi omillardan bo‘lmoqda.
Shu bilan birga, xalqaro savdodagi cheklovlar va o‘zaro aloqalarga kiritilgan o‘zgarishlar tufayli global inflyatsiyaning pasayishi kutilganidan sekin kechayotgani, jahonda oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshayotganligi hamda asosiy savdo hamkor davlatlardagi inflyatsiya darajasining target ko‘rsatkichlaridan yuqori shakllanganligi kelgusida import inflyatsiyasining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Ushbu sharoitlarda joriy yil yakunida inflyatsiya darajasi 8,7 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilinmoqda.
Nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlarining davom ettirilishi iqtisodiyotda jamg‘arish jozibadorligini saqlab qolib, kreditlash sur’atlarini maqbullashtirish va pul bozorida resurslar narxlarini mutanosib shakllantirish orqali yalpi talabni muvozanatlashtirishga xizmat qiladi hamda inflyatsiyaga monetar omillarning ta’sirini kamaytiradi.
Asosiy stavkani ko‘rib chiqish 2025-yil 23-oktabr kuniga belgilangan.
Prezident: kajdoe dostijenie slujit vozvisheniyu dostoinstva i zashite prav cheloveka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2025
O‘zbekiston YaIM bu yil ilk bor 130 mlrd dollardan oshadi – Mirziyoyev
Yangiliklar lentasi
0