https://oz.sputniknews.uz/20250827/yaim-mirziyoev-51552492.html
O‘zbekiston YaIM bu yil ilk bor 130 mlrd dollardan oshadi – Mirziyoyev
O‘zbekiston YaIM bu yil ilk bor 130 mlrd dollardan oshadi – Mirziyoyev
Sputnik O‘zbekiston
"O‘tgan sakkiz yilda yalpi ichki mahsulotimiz shiddat bilan o‘sib, 115 milliard dollarga yetdi. Bugun bitta raqamni birinchi marta aytmoqchiman: Xalqaro valyuta jamg‘armasi prognoziga ko‘ra, bu yil iqtisodiyotimiz hajmi 130 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Ya’ni ilgari bunday o‘sish, bunday yuksak e’tirof hech qachon bo‘lmagan", - dedi Mirziyoyev.
2025-08-27T16:51+0500
2025-08-27T16:51+0500
2025-08-27T16:51+0500
shavkat mirziyoyev
iqtisod
yaim
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/1b/51545601_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_da3221b75d2254793c724395bab28935.jpg
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi 2025-yilda ilk bor 130 mlrd dollardan oshishi kutilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida bo‘lib o‘tgan jamoat, san’at va madaniyat xodimlarini taqdirlashning tantanali marosimida ma’lum qildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati. Bu borada ayniqsa, tadbirkorlik faol qo‘llab-quvvatlanayotgani, “yashil” va innovatsion iqtisodiyot rivojlanayotgani alohida tilga olindi. Natijada 500 mingdan ortiq yangi ko‘p qavatli uy-joylar, 60 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga qishloq obodchiligi va 100 mingdan ortiq investitsion loyihalar amalga oshirilgan. Shuningdek, ijtimoiy infratuzilmalar ham olti baravar ko‘paytirilgan. Bolalar bog‘chalari joylari 720 mingdan 2,5 milliongacha, maktablar esa 466 taga yetkazilgan. Oliy ta’limda o‘quvchilar soni 279 mingdan 1,5 millionga ko‘paytirilib, talabalar ta’limi qamrovi 40 foizgacha oshgan. “Asosiy maqsad — insonlarga e’tibor qaratish, ularning huquqlarini, mehnatini ulug‘lashdir. Har bir yutuq, natija, ayniqsa, inson manfaatiga qaratilganda, yanada yorqin samara beradi”, - deya xulosa qildi davlat rahbari.
https://oz.sputniknews.uz/20250823/ozbekiston-tashqi-savdosida-top-5-davlat-51447697.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/1b/51545601_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_57c7ac4412da856c4b59c897f480d4cc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev mustaqillik nutq mukofot yaim
shavkat mirziyoyev mustaqillik nutq mukofot yaim
O‘zbekiston YaIM bu yil ilk bor 130 mlrd dollardan oshadi – Mirziyoyev
Prezident har bir yutuq va natija, avvalo, inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilatganini ta’kidladi.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi 2025-yilda ilk bor 130 mlrd dollardan oshishi kutilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida bo‘lib o‘tgan jamoat, san’at va madaniyat xodimlarini taqdirlashning tantanali marosimida ma’lum qildi, deb
xabar qildi prezident matbuot xizmati.
"O‘tgan sakkiz yilda yalpi ichki mahsulotimiz shiddat bilan o‘sib, 115 milliard dollarga yetdi. Bugun bitta raqamni birinchi marta aytmoqchiman: Xalqaro valyuta jamg‘armasi prognoziga ko‘ra, bu yil iqtisodiyotimiz hajmi 130 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Ya’ni ilgari bunday o‘sish, bunday yuksak e’tirof hech qachon bo‘lmagan", - dedi Mirziyoyev.
Bu borada ayniqsa, tadbirkorlik faol qo‘llab-quvvatlanayotgani, “yashil” va innovatsion iqtisodiyot rivojlanayotgani alohida tilga olindi. Natijada 500 mingdan ortiq yangi ko‘p qavatli uy-joylar, 60 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga qishloq obodchiligi va 100 mingdan ortiq investitsion loyihalar amalga oshirilgan.
Shuningdek, ijtimoiy infratuzilmalar ham olti baravar ko‘paytirilgan. Bolalar bog‘chalari joylari 720 mingdan 2,5 milliongacha, maktablar esa 466 taga yetkazilgan. Oliy ta’limda o‘quvchilar soni 279 mingdan 1,5 millionga ko‘paytirilib, talabalar ta’limi qamrovi 40 foizgacha oshgan.
“Asosiy maqsad — insonlarga e’tibor qaratish, ularning huquqlarini, mehnatini ulug‘lashdir. Har bir yutuq, natija, ayniqsa, inson manfaatiga qaratilganda, yanada yorqin samara beradi”, - deya xulosa qildi davlat rahbari.