Hindiston AQSh qimmatli qog‘ozlarini sotishni boshladi - "Bu ogohlantirish"

© RIA Novosti Premyer-ministr Indii Narendra Modi vistupayet na sammite "Bolshoy dvadsatki" v Nyu-Deli
Premyer-ministr Indii Narendra Modi vistupayet na sammite Bolshoy dvadsatki v Nyu-Deli
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2025
Obuna bo‘lish
Milliy zaxiralarda dollar ulushini kamaytirish global tendensiyaga aylandi, AQShning eng yirik uch kreditori Yaponiya, Buyuk Britaniya va Xitoy ham shunday yo‘l tutmoqda.
TOShKENT, 11 sen - Sputnik. Dehli AQSh g‘aznachilik obligatsiyalaridagi aktivlarini qisqartirdi va oltin ulushini oshirdi. Tahlilchilar buni Vashingtonning tashqi savdo siyosatiga javob deb baholashmoqda. Bu haqda RIA Novosti muallifi Yelena Saveleva yozmoqda.

Biroq, AQSh obligatsiyalariga (tashqi qarz) sarmoyalarni qisqartirish global tendensiyadir, bugun nafaqat Hindiston balkim yana qator davlatlar ulardan qutulishga harakat qilmoqda.

"Ko‘proq oltin"
Bir yil oldin Hindistonda 242 milliard dollarlik AQSh davlat obligatsiyalari mavjud edi. Hozir - 227 mlrd. Ammo Hindiston banki oltin zaxiralarini 39,22 tonnaga to‘ldirib - 880 ming tonnagacha yetkazgan.
Mamlakatning jami oltin-valyuta zaxiralari 690 milliard dollarni tashkil etadi. AQSh qimmatli qog‘ozlarini sotish orqali Nyu-Dehli o‘zining oltin-valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilmoqda. Bundan tashqari, global geosiyosiy beqarorlik davrida qimmatbaho metall har doim ishonchliroq hisoblanadi.
Oltin narxining o‘sishi ham ushbu haqiqatni tasdiqlamoqda. Bugungi kunda bir unsiya oltin narxi rekord darajadagi 3600 dollarga yaqinlashdi.
"O‘zingizni dollardan himoya qiling"
Uzoq yillar davomida AQSh davlat obligatsiyalari dunyoda eng yuqori likvidlik darajasiga aktiv hisoblanib, dollar asosiy zaxira valyuta bo‘lib qolmoqda. Ammo Rossiyaning 300 mlrd.lik zahiralari muzlatib qo‘yilganidan so‘ng, AQSh qimmatli qog‘ozlariga tayanish xavfsiz emasligi ayon bo‘ldi.
Ko‘plab davlat Markaziy banklari o‘z oltin-valyuta zaxiralari tarkibini qayta ko‘rib chiqmoqda: AQShning uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlarini kamaytirish, oltin va boshqa AQSh nazorati ostida bo‘lmagan aktivlarga o‘tish boshlandi.
"Oltin kabi qimmatbaho metallar sanksiyalar xavfidan xoli. Bundan tashqari, AQShda kuzatilayotgan budjet defitsiti va uzoq muddat uchun yuqori foiz va’da berayotgan AQSh davlat obligatsiyalari markaziy banklar zahiralarini avvalgidan ko‘ra beqaror qiladi", - deb tushuntirdi Capital Lab hamkori Yevgeniy Shatov.
AQShning o‘sib borayotgan kreditlari, budjet taqchilligi va Vashingtonning qarz siyosati investorlar tomnidan tanqidining kuchayishi dollarga bo‘lgan ishonchning pasayishiga olib keladi. Investorlarni muqobil variantlarini izlashga undaydi, deya qo‘shimcha qiladi Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Jahon moliya bozorlari va fintex bo‘limi boshlig‘i Svetlana Frumina.
Glavi MID RF S. Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2025
Lavrov: dollardan voz kechish jarayoni ketmoqda
Yuqori bojlarga munosabat
Ayrim tahlilchilar, Hindiston regulyatorining ushbu qarorini AQShning savdoda bojlar bosimi bilan ham bog‘lashmoqda.
Avgust oyida Donald Tramp Nyu-Dehliga Rossiya neftini sotib olayotgani uchun 50 foiz, qo‘shimcha bojlar joriy qilgan edi. Aytish joizki ushbu masalada, Nyu-Dehli qat’iy pozitsiyani egalladi: ular bu o‘z suverenitetiga aralashish deb baholashdi va Moskva bilan hamkorlik qilishni davom ettirdi.
Bu Vashingtonni biroz hayratda qoldirdi. "Ular taslim bo‘lishmayapti", dedi Piter Navarro, AQSh prezidentining savdo bo‘yicha katta maslahatchisi.
Hindiston-Amerika munosabatlari aniq yomonlashdi. Savdo va siyosiy noaniqlik zahiralarni boshqarishdagi xatolar narxini oshiradi, deydi Shatov.
"Bunday bosimga duch kelgan Hindiston asosiy iqtisodiy hamkorlari joylashgan Global Janub va Sharq tomonni tanladi", deb ta’kidlaydi Frumina.
Strategiyani o‘zgartirish
Iqtisodchilarning ta’kidlashicha, bugungi kunda milliy zaxiralarda dollar ulushini kamaytirish global tendensiyadir. Xususan, AQSh eng yirik uch kreditori bo‘lmish Yaponiya, Buyuk Britaniya va Xitoy ana shunday yo‘l tutmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlar Markaziy banklari uchun bunday strategiya ayniqsa dolzarbdir. Rossiya 2018-yildan buyon AQSh qimmatli qog‘ozlaridan xoli bo‘lmoqda. Hozir Moskvada atigi 36 million dollarlik qog‘ozlar qolgan.
Xitoy o‘zining oltin-valyuta zaxiralaridagi AQSh obligatsiyalarining ulushini 15-yildan buyon kuzatilgan eng past ko‘rsatkichga – 759 milliard dollarga kamaytirdi.
Nazariy jihatdan, Pekin boj to‘siqlariga javoban AQShning ko‘plab qimmatli qog‘ozlarini bozorga tashlashi mumkin. Bu esa bozorda tartibsizlikni keltirib chiqaradi va kuchli dollarga zarba beradi. Lekin, Xitoyga hozircha Vashington bilan ochiq qarama-qarshilik kerak emas. Lekin, ularning qo‘llarida kuchli ta’sir dastagi bor...
Xulosa shuki, qimmatli qog‘oz zahiralarining bir qismi oltinga almashtirilmoqda. Natijada, Rossiya, Xitoy va Hindiston sanksiyalar, savdo urushlari sharoitida o‘zlarining moliyaviy barqarorligini oshirmoqda va o‘z aktivlariga nisbatan xavflarni kamaytmoqda.
Dollar kupurasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2023
Dunyoda dollardan voz kechish tezlashdi — ekspert
Yangiliklar lentasi
0