https://oz.sputniknews.uz/20250901/gazo-sektor-mirziyoev-51654238.html
G‘azo sektorida aholining ahvoli yomonlashayotgani chuqur tashvish uyg‘otmoqda – Mirziyoyev
G‘azo sektorida aholining ahvoli yomonlashayotgani chuqur tashvish uyg‘otmoqda – Mirziyoyev
Sputnik O‘zbekiston
“Xalqaro muammolar haqida gapirganda, G‘azo sektoridagi vaziyatga e’tibor qaratmasdan o‘tolmayman. Ushbu mintaqada vaziyat yana keskinlashayotgani va aholining ahvoli yomonlashayotgani chuqur tashvish uyg‘otmoqda”, - dedi Mirziyoyev.
2025-09-01T16:41+0500
2025-09-01T16:41+0500
2025-09-01T16:41+0500
isroil-falastin mojarosi
siyosat
shavkat mirziyoyev
falastin
isroil
g‘azo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/01/51646508_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_88afa1f881b34be519ba5a196294e6be.jpg
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. G‘azo sektorida vaziyat yana keskinlashayotgani va aholining ahvoli yomonlashayotgani chuqur tashvish uyg‘otmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Shanxay hamkorlik tashkiloti plyus” formatidagi majlisda so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.O‘zbekiston faqat “ikki xalq uchun – ikki davlat” tamoyili asosida Falastin – Isroil masalasiga adolatli yechim topish orqali Yaqin Sharqdagi mojaroni to‘xtatish mumkin, deb hisoblaydi.Isroil G‘azoga hujum boshladiO‘zbekiston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ShHTning sammiti yigirmanchi asrning mudhish fojiasi bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80-yilligi bayram qilinayotgan yilda o‘tayotgani chuqur ramziy ma’noga ega.Bu nafaqat muhim tarixiy voqea, balki o‘ziga xos ogohlantirish hamdir. Tinchlik bir marta va doimiy erishiladigan ne’mat emas, uni doimo asrab-avaylash va mustahkamlash zarur.Isroilning G‘azoga qilgan hujumi oqibatida 5 nafar jurnalist halok bo‘ldiMirziyoyev nizo va mojarolar to‘lqinini to‘xtatish, ishonchni qayta tiklash, tinch-totuv hayotga intilish, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyil va meyorlarini hurmat qilish muhimligini ta’kidladi.Shu munosabat bilan O‘zbekiston Xitoy raisi Si Szinpin ilgari surgan Global boshqaruv bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20250815/ozbekiston-falastin-yordam-51250255.html
falastin
g‘azo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/01/51646508_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_5e064c97dfadda73b78f58bb954d0524.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev falasti g‘azo sektori munosabat
shavkat mirziyoyev falasti g‘azo sektori munosabat
G‘azo sektorida aholining ahvoli yomonlashayotgani chuqur tashvish uyg‘otmoqda – Mirziyoyev
O‘zbekiston faqat “ikki xalq uchun – ikki davlat” tamoyili asosida Falastin – Isroil masalasiga adolatli yechim topish orqali Yaqin Sharqdagi mojaroni to‘xtatish mumkin, deb hisoblaydi.
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. G‘azo sektorida vaziyat yana keskinlashayotgani va aholining ahvoli yomonlashayotgani chuqur tashvish uyg‘otmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Shanxay hamkorlik tashkiloti plyus” formatidagi majlisda so‘zlagan nutqida
ma’lum qildi. “Xalqaro muammolar haqida gapirganda, G‘azo sektoridagi vaziyatga e’tibor qaratmasdan o‘tolmayman. Ushbu mintaqada vaziyat yana keskinlashayotgani va aholining ahvoli yomonlashayotgani chuqur tashvish uyg‘otmoqda”, - dedi Mirziyoyev.
O‘zbekiston faqat “ikki xalq uchun – ikki davlat” tamoyili asosida Falastin – Isroil masalasiga adolatli yechim topish orqali Yaqin Sharqdagi mojaroni to‘xtatish mumkin, deb hisoblaydi.
O‘zbekiston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ShHTning sammiti yigirmanchi asrning mudhish fojiasi bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80-yilligi bayram qilinayotgan yilda o‘tayotgani chuqur ramziy ma’noga ega.
Bu nafaqat muhim tarixiy voqea, balki o‘ziga xos ogohlantirish hamdir. Tinchlik bir marta va doimiy erishiladigan ne’mat emas, uni doimo asrab-avaylash va mustahkamlash zarur.
Mirziyoyev nizo va mojarolar to‘lqinini to‘xtatish, ishonchni qayta tiklash, tinch-totuv hayotga intilish, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyil va meyorlarini hurmat qilish muhimligini ta’kidladi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Xitoy raisi Si Szinpin ilgari surgan Global boshqaruv bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi.