https://oz.sputniknews.uz/20250910/talim-tayinlov-51874760.html
Ta’lim tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Ta’lim tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Sputnik O‘zbekiston
Oliy ta’lim tizimida kadrlar almashinuvi: yangi o‘rinbosarlar va rahbar tayinlandi
2025-09-10T13:19+0500
2025-09-10T13:19+0500
2025-09-10T13:19+0500
o‘zbekiston
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
siyosat
yangi tayinlov
maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/0a/37726851_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_e83366a3a835dfb4504c583a7d045543.jpg
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining qaroriga muvofiq, ta’lim tizimida qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Azizbek Turdiyev Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar vazir maslahatchisi sifatida ishlagan. Turdiyev turli yillarda Toshkent maktablarida, Vazirlar Mahkamasi, Senat va boshqa idoralarda mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Shuningdek, “Hamdo‘stlik bolalar” hamda “Yoshlarni tadbirkorlik va sanoatga yo‘naltirish” loyihalari rahbari sifatida ham ish tajribasiga ega.Sardor Radjabov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U avval maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari sifatida ishlagan. Radjabov ta’lim sifati, test tizimi va akkreditatsiya yo‘nalishlarida rahbarlik tajribasiga ega.Baxtiyor Yo‘ldoshev Prezident administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori etib tayinlandi. Ungacha “Yangi O‘zbekiston” universitetida prorektor sifatida faoliyat yuritgan. Yo‘ldoshev moliya, tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalar sohasida ham rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, u Rossiya TIV huzuridagi Diplomatik akademiya aspiranti hisoblanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250909/maktab-bogcha-otm-prezident-yigilish-ozgarish-51860555.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/0a/37726851_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_9c685bcd685349ae3775373b791c18bd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ta’lim sohasida yangi tayinlovlar, o‘zbekiston ta’lim tizimi kadrlar o‘zgarishi, oliy ta’lim vaziri o‘rinbosarlari, ta’lim sifatini ta’minlash agentligi rahbari, ta’lim vazirligi yangi rahbarlar, o‘zbekiston ta’lim sohasi yangiliklari, ta’lim tizimida kadrlar almashinuvi, baxtiyor yuldashev, radjabov sardor, turdiyev azizbek
ta’lim sohasida yangi tayinlovlar, o‘zbekiston ta’lim tizimi kadrlar o‘zgarishi, oliy ta’lim vaziri o‘rinbosarlari, ta’lim sifatini ta’minlash agentligi rahbari, ta’lim vazirligi yangi rahbarlar, o‘zbekiston ta’lim sohasi yangiliklari, ta’lim tizimida kadrlar almashinuvi, baxtiyor yuldashev, radjabov sardor, turdiyev azizbek
Ta’lim tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
9 sentabr kuni ishdan olingan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining ikki nafar o‘rinbosari hamda agentlik rahbarining o‘rniga yangi tayinlovlar amalga oshirildi
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining qaroriga muvofiq, ta’lim tizimida qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Azizbek Turdiyev Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar vazir maslahatchisi sifatida ishlagan.
Turdiyev turli yillarda Toshkent maktablarida, Vazirlar Mahkamasi, Senat va boshqa idoralarda mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Shuningdek, “Hamdo‘stlik bolalar” hamda “Yoshlarni tadbirkorlik va sanoatga yo‘naltirish” loyihalari rahbari sifatida ham ish tajribasiga ega.
Sardor Radjabov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U avval maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari sifatida ishlagan. Radjabov ta’lim sifati, test tizimi va akkreditatsiya yo‘nalishlarida rahbarlik tajribasiga ega.
Baxtiyor Yo‘ldoshev Prezident administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori etib tayinlandi. Ungacha “Yangi O‘zbekiston” universitetida prorektor sifatida faoliyat yuritgan. Yo‘ldoshev moliya, tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalar sohasida ham rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, u Rossiya TIV huzuridagi Diplomatik akademiya aspiranti hisoblanadi.