Milliy tarbiya modeli: ta’limga oid yig‘ilishdan asosiy ma’lumotlar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSoveshanie po reformam i zadacham v sfere doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya
Soveshanie po reformam i zadacham v sfere doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2025
Obuna bo‘lish
Prezident raisligida ta’lim islohotlari muhokama qilindi: erishilgan natijalar qatorida kamchiliklar ham qayd etildi. Sohada muhim o‘zgarishlar kiritilmoqda
TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘qituvchilar va rag‘batlantirish O‘qituvchilar uchun 10 dan ziyod ustama joriy etildi. 60 mingdan ortiq pedagog 10–12 mln so‘m oylik olmoqda. Maktab direktorlari va bog‘cha mudiralari maoshi 10 mln so‘mdan oshdi. Yangi baholash tizimida 300 maktab jamoasi 40 foizgacha ustama oldi.
Joriy yil boshidan xalqaro olimpiadalarda 195 ta medal qo‘lga kiritildi. G‘olib o‘quvchilarga 10 mlrd so‘m, murabbiylariga 3,5 mlrd so‘m mukofot ajratildi. Chet tillar sertifikati olgan o‘quvchilar soni 2,5 barobarga ko‘paydi.
Maktabgacha ta’lim: Joriy yilda 182 ming qo‘shimcha o‘rin yaratilishi rejalashtirilgan, shundan 82 mingtasi yangi bog‘chalar hissasiga to‘g‘ri keladi. 118 ta bog‘chada ta’mirga muhtoj xonalar va qurilishi cho‘zilgan 8 ta obyekt aniqlandi. Hokimlarga ularni 1-noyabrgacha to‘liq yakunlash topshirildi.
80 ta tumanda bog‘cha ochish uchun imtiyozlar belgilangan edi. Endi ular mamlakat barcha hududlaridagi yangi ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatidagi xususiy bog‘chalarga ham tatbiq etiladi. Har bir tumanda qamrov kamida 80 foiz bo‘lishi shart.
Mutasaddilarga bo‘sh yerlarda bog‘cha tashkil etish bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilish, xususiy sheriklik va sarmoya asosida ishlash, yangi bog‘chalarga subsidiya berish hamda tarbiyachilar maoshini qisman qoplash topshirildi.
Pedagogika oliygohlarida o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar uchun “1+5” (1 kun o‘qish, 5 kun ish) bakalavr ta’lim shakli joriy etilib, har yili 10 mingga yaqin oliy ma’lumotli tarbiyachi tayyorlanadi. Har bir viloyatda “Yangi avlod” tayanch bog‘chalari tashkil etiladi.
Maktablar: Olis hududlarda 74 ming o‘quvchi uzoq masofadan qatnamoqda. Ayrim viloyatlarda 100 ta maktabda avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi va bu qolgan hududlar uchun namuna ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Uch yilda 201 ta ixtisoslashgan maktab tashkil qilingan, lekin 12 tasida qurilish ishlari hali yakunlanmagan. Tegishli viloyatlar hokimlariga ishlarni yil oxirigacha yakuniga yetkazish topshirig‘i berildi.
Yangi o‘quv yilidan yuqori sinflarda sun’iy intellekt darslari kiritiladi. Shu maqsadda 2 ming sinf xonaga kompyuter va 6,3 ming interfaol doska talab etiladi. Zarur mablag‘lar keyingi yil davlat budjetida ko‘zda tutiladi.
Iqtidorli o‘quvchilar uchun Al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek va Ibn Sino maktablari filiallari ochilib, ularning barchasi hududlardagi texnika oliygohlariga biriktiriladi. Yaxshi natijaga erishgan bitiruvchilar ushbu oliygohlarning 2-kursiga qabul qilinadi.
Bog‘cha va maktablarda 10 dan ortiq xizmat raqamlashgani natijasida korrupsiya kamaydi. Keyingi o‘quv yiligacha barcha xizmatlarni raqamli formatga o‘tkazish topshirildi.
© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishV kajdom regione Uzbekistana sozdadut po dve "uzbeksko-kitayskie masterskie"
V kajdom regione Uzbekistana sozdadut po dve uzbeksko-kitayskie masterskie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2025
V kajdom regione Uzbekistana sozdadut po dve "uzbeksko-kitayskie masterskie"
Yoshlar va tarbiya: Yagona milliy tarbiya modeli ishlab chiqilmoqda. Barcha muassasalarda “Kelajak soati” darslari o‘tilmoqda. Bolalar kontentini rivojlantirish markazi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti olimlari bilan birgalikda qiziqarli videoroliklar ishlab chiqadi.
219 ta muassasa negizida respublika, hudud va tumanlarda “Kelajak” markazlari tashkil etiladi. Ular orqali o‘quvchilar fan, madaniyat, sport va kasb yo‘nalishidagi to‘garaklarga jalb qilinadi.
Har bir o‘rta maktabda maslahatchi lavozimi joriy qilinadi. Ular o‘quvchilarning qobiliyatiga qarab to‘garaklar tashkil etadi. Direktor o‘rinbosarlari, sinf rahbari va psixolog o‘quvchilarning muammolarini o‘rganib, yechimga ko‘maklashadi. Mahalladagi yoshlar yetakchilari esa o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun mas’ul bo‘ladi.
Endi har bir o‘quvchining to‘garaklar va olimpiadalardagi natijalari “raqamli portfolio”da aks ettiriladi.
Kasb-hunar va oliy ta’lim: Kasb-hunar va oliy ta’lim yo‘nalishidagi islohotlarni to‘liq anglab yetmagani qayd etildi. Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining uch nafar o‘rinbosari ishdan olindi. Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi va Innovatsion rivojlanish agentligi rahbarlari ham lavozimidan ozod etildi.
Mamlakatda 450 ming o‘quvchini qabul qila oladigan 598 ta texnikum mavjud. Biroq joriy yilda 9-sinfni bitirgan 608 ming o‘quvchidan faqat 182 ming nafari texnikumlarga o‘qishga kirdi. Shu munosabat bilan kelgusi yil “yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish yili” deb belgilandi.
Kelgusi o‘quv yilida 9-sinf bitiruvchilarining kamida 50 foizini texnikumlarga qamrab olish topshirildi. Bu ishlarni yagona siyosat asosida olib borish uchun Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etiladi.
Joriy yildan oliygohlarda qabul kvotalari investitsiya loyihalaridagi kadrlar ehtiyojidan kelib chiqib belgilanmoqda. Endi investor buyurtmasi bilan texnikumlarda ham kadrlar tayyorlanadi, ta’lim dasturlari 30 foizgacha o‘zgartirilishi mumkin. Shuningdek, yil yakunigacha tarmoqlarda zarur kasblar bo‘yicha standart va talablar ishlab chiqiladi.
Xorijiy hamkorlik: Prezidentning Xitoyga tashrifi chog‘ida 35 milliard dollarlik loyihalar paketi shakllantirildi. Bunday loyihalar uchun xitoy tili va texnologiyalarni o‘zlashtirgan minglab kadrlar kerak. Shu maqsadda har bir viloyatda “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonalari” tashkil etiladi. Oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tilini o‘qitish maqsadida 100 tadan ziyod til egalari va volontorlar taklif qilinadi.
Student na ekzamene
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2025
O‘zbekiston 12-yillik ta’lim tizimiga o‘tadi
Yangiliklar lentasi
0