https://oz.sputniknews.uz/20250910/rostov-imkoniyat-bolalar-internat-evakuatsiya-51884493.html
Rostovda dron hujumi sabab imkoniyati cheklangan bolalar internati evakuatsiya qilindi
Rostovda dron hujumi sabab imkoniyati cheklangan bolalar internati evakuatsiya qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning Rostov viloyatida aqliy imkoniyatlari cheklangan bolalar tarbiyalanayotgan internatga Ukraina dronlari qulashi oqibatida 70 dan ortiq o‘quvchilar va xodimlar evakuatsiya qilindi
2025-09-10T18:10+0500
2025-09-10T18:10+0500
2025-09-10T18:10+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyoda
rossiya
ukraina
dron
hujum
bolalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/02/39531330_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_372dce27553e5e1ac8bfbb2ca9e693ed.jpg
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Rossiyaning Rostov viloyatida aqliy imkoniyatlari cheklangan bolalar tarbiyalanayotgan internatga Ukraina dronlari qulashi oqibatida 70 nafardan ortiq o‘quvchilar va xodimlar evakuatsiya qilindi. Bu haqda viloyatning amaldagi gubernatori Yuriy Slyusar tarmoqda xabar berdi.Xabarda ta’kidlanishicha, uchuvchisiz apparat maktabning orqa darvozasi yaqiniga kelib urilgan, natijada derazalar sinib ketgan.Qayd etilishicha, ikki nafar katta yoshli xodim jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Umumiy hisobda 73 nafar bola va boshqa xodimlar xavfsiz joyga olib chiqilgan.Slyusarning so‘zlariga ko‘ra, hududda Ukraina kamikadze-dronlarini qaytarish uchun Rossiya kuchlari elektron urush vositalaridan foydalangan.Rossiya Mudofaa vazirligi o‘sha tun davomida Ukraina tomonidan uchirilgan 122 qanotli dronni urib tushirilganini bildirdi. Ularning asosiy qismi Bransk viloyati chegarasida aniqlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20250906/ukraina-jami-18-million-askarini-yoqotgan-51782626.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/02/39531330_160:0:2891:2048_1920x0_80_0_0_551ab4dc65844957baa8b8646cec04ae.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya rostov maktab internat bolalar evakuatsiya ukraina dron
rossiya rostov maktab internat bolalar evakuatsiya ukraina dron
Rostovda dron hujumi sabab imkoniyati cheklangan bolalar internati evakuatsiya qilindi
Ukraina droni qulashidan jabr ko‘rganlar orasida o‘quvchilar yo‘q, ammo yengil jarohat olgan 2 nafar xodim kasalxonaga yotqizilgan.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Rossiyaning Rostov viloyatida aqliy imkoniyatlari cheklangan bolalar tarbiyalanayotgan internatga Ukraina dronlari qulashi oqibatida 70 nafardan ortiq o‘quvchilar va xodimlar evakuatsiya qilindi. Bu haqda viloyatning amaldagi gubernatori Yuriy Slyusar tarmoqda
xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, uchuvchisiz apparat maktabning orqa darvozasi yaqiniga kelib urilgan, natijada derazalar sinib ketgan.
Qayd etilishicha, ikki nafar katta yoshli xodim jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Umumiy hisobda 73 nafar bola va boshqa xodimlar xavfsiz joyga olib chiqilgan.
“Kiyev so‘nggi oylar davomida dron zarbalariga ko‘proq tayanmoqda. Bu usul frontdagi muvaffaqiyatsizliklar fonida qo‘llanilayotgani ta’kidlanadi. Ukraina rasmiylari dron va raketa hujumlarini Rossiya hududidagi harbiy strategiyaning muhim qismi deb bilib, o‘zining g‘arbiy ittifoqchilarini uzoq masofali qurol ishlab chiqarishni moliyalashtirishga chaqirmoqda. Biroq mamlakat mudofaa budjeti xorijiy mablag‘larga qaram bo‘lishiga qaramay katta taqchillikni boshdan kechirmoqda”, – deya yozadi RT nashri.
Slyusarning so‘zlariga ko‘ra, hududda Ukraina kamikadze-dronlarini qaytarish uchun Rossiya kuchlari elektron urush vositalaridan foydalangan.
Rossiya Mudofaa vazirligi o‘sha tun davomida Ukraina tomonidan uchirilgan 122 qanotli dronni urib tushirilganini bildirdi. Ularning asosiy qismi Bransk viloyati chegarasida aniqlangan.