Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina jami 1,8 million askarini yo‘qotgan

© © RIA NovostiRossiya peredala Ukraine yeshe tisachu tel voyennix
Rossiya peredala Ukraine yeshe tisachu tel voyennix - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2025
Obuna bo‘lish
Ukraina rahbariyati aksariyat hollarda qurbon bo‘lgan askarlarni "bedarak yo‘qolgan"lar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yadi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Maxsus operatsiya boshlanganidan buyon Ukraina Qurolli kuchlari 1,8 million odamini yo‘qotdi. Bu haqda Rossiya prezidenti maslahatchisi Anton Kobakov Sharqiy iqtisodiy forumda ma’lum qildi.
Ilk bor ushbu ma’lumotlar britaniyalik jurnalist tomonidan e’lon qilingan edi. Avgust oyida xakerlar Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlar bazasini buzib kirishganidan so‘ng ushbu raqam tasdiqlandi.

Xususan, Killnet, Palach Pro, User Sec, Beregini xakerlar guruhlari UQKning bir necha terrabaytdan iborat ma’lumotlar bazasini qo‘lga kiritgan.
UQKning raqamli kartatekasiga ko‘ra, So‘nggi 3-yilida Ukraina armiyasida 1 million 721 ming kishi halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. Shundan: 2022-yilda - 118,5 ming, 2023-yilda - 405,4 ming, 2024-yilda - 595 ming va 2025-yilda - 621 ming.
Xakerlar qurbon bo‘lgan 1,7 million kishining to‘liq ismlari, taqdiri (o‘lim/yo‘qolgan) joyi tavsifi, shaxsiy ma’lumotlar, yaqin qarindoshlarning aloqalari va fotosuratlari borligini e’lon qilishgan edi.
Ukraina rahbari aksariyat hollarda qurbon bo‘lgan askarlar sonini tasdiqlamaydi va ularni "bedarak yo‘qolgan"lar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yadi. Bundan maqsad ularning qarindoshlariga qonunda belgilangan kompensatsiya pulini to‘lamaslik.

2025 yilning iyun oyida Istanbuldagi tinchlik muzokaralarining birinchi raundi natijaslariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga 6 mingdan ortiq qurbon bo‘lgan askarlarining jasadlarini qaytarib bergan edi.
Vladimir Medinskiy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Kelishuvlarga muvofiq askarlarning jasadlarini topshirish boshlandi — Medinskiy
Yangiliklar lentasi
0