O‘zbekiston 12-yillik ta’lim tizimiga o‘tadi

© ShutterstockStudent na ekzamene
Student na ekzamene
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2025
Obuna bo‘lish
O‘quvchilar maktabda yana bir yil qolib ketmaydi – maktabga tayyorlash guruhlari faoliyati 11-yillik tizimga qo‘shib hisoblanadi.
TOShKENT, 9 sen – Sputnik. O‘zbekistonda maktab ta’limi davomiyligi 12-yilga tenglashtirilmoqda. Bu haqda bo‘lib o‘tgan ta’limga oid taqdimotdan so‘ng maktabgacha ta’lim va ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Sador Rajabov "O‘zbekiston 24" telekanali uchun bergan intervyusida ma’lum qildi.
Rajabovning ta’kidlashicha, xalqaro darajadagi ta’lim yo‘nalishlari bilan milliy ta’lim tizimini muvofiqlashtirish bo‘yicha juda ko‘p tashabbuslar prezident tomonidan qo‘llab-quvvatlagan. Xususan, 12-yillik ta’lim tizimiga o‘tishni ham shular jumlasidan.

“Maktabga tayyorlov bosqichida qamrov deyarli yuz foizga yetdi. Shu bois ayni bosqichdagi ta’limni umumiy maktab davri hisobiga qo‘shish taklifi berildi. Buning birinchi ustunligi – ta’lim sifatini oshirish bo‘lsa, ikkinchisi – bevosita oliy ta’lim bilan bog‘liqdir”, - deydi vazir o‘rinbosari.

Uning qayd etishicha, xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsilni boshlagan O‘zbekistonlik yoshlar ko‘p hollarda bir yil davomida tayyorlov kurslarida o‘qishga va natijada o‘zlarining bir yillik vaqtlarini sarflashga majbur bo‘lishgan.

"Endilikda qonunan maktab tizimining 12-yilga tenglashtirilishi sabab ular olgan ta’lim davri xorijiy otm qo‘ygan talablarga mos keladi va ular bakalavr bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar", - deya xulosa qiladi Rajabov.

Videoselektornoe soveshanie po obsujdeniyu xoda reform i dalneyshix prioritetnix zadach v sfere doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2025
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha o‘rinbosarlari ishdan olindi
Yangiliklar lentasi
0