Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha o‘rinbosarlari ishdan olindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVideoselektornoe soveshanie po obsujdeniyu xoda reform i dalneyshix prioritetnix zadach v sfere doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya.
Videoselektornoe soveshanie po obsujdeniyu xoda reform i dalneyshix prioritetnix zadach v sfere doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2025
Obuna bo‘lish
Ular ta’limdagi islohotlar mazmunini to‘liq tushunib yetmagani uchun ishdan olindi.
TOShKENT, 9 sen – Sputnik. O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha o‘rinbosarlari ishdan olindi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar berdi prezident matbuot kotibi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, maktabgacha va maktab ta’limida o‘zgarishlar bo‘lyapti, dasturlar ishlayapti, natijalar bor, biroq kasb-hunar va oliy ta’limga mas’ul mutasaddilar haligacha ta’limdagi islohotlar mazmunini to‘liq tushunib yetgani yo‘q.
“Shu bois oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha o‘rinbosarlari – birinchi o‘rinbosar Shoxruh Daliyev, o‘rinbosarlar Otabek Mahkamov va Sarvarxon Buzrukxonov ishdan olingani e’lon qilindi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, prezident farmoni va qarori bilan Prezident administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Adxam Xudaykulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev lavozimidan ozod etildi.
Endilikda maktabgacha va maktab ta’limi hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirlari, ularning o‘rinbosarlari, hokimlar preventiv va proaktiv ishlashga o‘tib, ta’limning barcha yo‘nalishlarida katta o‘zgarish qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po voprosam reformirovaniya sistemi obrazovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2025
Yangi stipendiya, milliy g‘oya, tanlov: ta’lim tizimi qanday rivojlantiriladi
Yangiliklar lentasi
0