https://oz.sputniknews.uz/20250909/shaxs-tasvir-51856761.html
O‘zbekistonda shaxslarning ruxsatisiz suratga olish taqiqlanishi mumkin
O‘zbekistonda shaxslarning ruxsatisiz suratga olish taqiqlanishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining seshanba kuni bo‘lib o‘tgan majlisida fuqarolarning o‘z tasviriga ega bo‘lish huquqini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
2025-09-09T18:02+0500
2025-09-09T18:02+0500
2025-09-09T18:02+0500
jamiyat
o‘zbekiston
kamera
bolalar
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/05/23782638_0:1:3072:1729_1920x0_80_0_0_d4f87ad4b179d09f97c0598c50043f5c.jpg
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekistonda shaxsning roziligisiz uni tasvirga olishni taqiqlanishi mumkin. Deputatlar tegishli qonun loyihasini muhokama qilib, birinchi o‘qishda qabul qilishdi.Shuningdek, videokuzatuvni amalga oshirishda shaxsiy daxlsizlikni ta’minlashga oid talablar, tasvirdan ruxsatsiz foydalanilganda kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar aniq belgilanmoqda. Mehnat munosabatlarida tasvirdan foydalanish bilan bog‘liq holatlar aniqlashtirilmoqda.Qayd etilishicha, qonun loyihasi qabul qilinsa, shaxslarning, ayniqsa bolalarning tasvirga bo‘lgan huquqlari kafolatlanadi, davlat organlari faoliyatida ochiqlik kuchayadi va mehnat munosabatlarida xodimlarning huquqlari yanada mustahkamlanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250730/ozbekiston-rossiya-ombudsman-50937668.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/05/23782638_290:0:3021:2048_1920x0_80_0_0_75762b930ac6e8a9e3b8e8bb1819b5e4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ruxsatsiz suratga olish taqiq o‘zbekiston
ruxsatsiz suratga olish taqiq o‘zbekiston
O‘zbekistonda shaxslarning ruxsatisiz suratga olish taqiqlanishi mumkin
Fuqarolar tasviridan ruxsatsiz foydalanishning huquqiy oqibatlari ham belgilanyapti.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekistonda shaxsning roziligisiz uni tasvirga olishni taqiqlanishi mumkin. Deputatlar tegishli qonun loyihasini muhokama qilib, birinchi o‘qishda
qabul qilishdi. Loyihada shaxsni tasvirga olish va undan foydalanish uchun rozilik olish majburiy shartligi, ushbu munosabatlarda voyaga yetmagan bolalar mustaqil huquq subyekti ekanligi, tasvirga olish va undan ruxsatsiz foydalanish mumkin bo‘lgan holatlar doirasi belgilanmoqda.
Shuningdek, videokuzatuvni amalga oshirishda shaxsiy daxlsizlikni ta’minlashga oid talablar, tasvirdan ruxsatsiz foydalanilganda kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar aniq belgilanmoqda. Mehnat munosabatlarida tasvirdan foydalanish bilan bog‘liq holatlar aniqlashtirilmoqda.
Loyiha bolalar huquqlariga ham alohida o‘rin ajratilgani ham aytilmoqda. Unga ko‘ra, bolalar mustaqil huquq subyekti sifatida belgilangan. 16 yoshga to‘lmaganlar nomidan rozilik ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan beriladi, 16 yoshdan oshganlar esa bu masalada mustaqil qaror qabul qilish huquqiga ega ekani qayd etilgan.
Qayd etilishicha, qonun loyihasi qabul qilinsa, shaxslarning, ayniqsa bolalarning tasvirga bo‘lgan huquqlari kafolatlanadi, davlat organlari faoliyatida ochiqlik kuchayadi va mehnat munosabatlarida xodimlarning huquqlari yanada
mustahkamlanadi.