O‘zbekiston va Rossiya ombudsmanlari inson huquqlari bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlaydi

© Ombudsman UzbekistanaUpolnomochennie po pravam cheloveka Uzbekistana i Rossii obsudili voprosi ukrepleniya sotrudnichestva v sfere zashita prav cheloveka
Upolnomochennie po pravam cheloveka Uzbekistana i Rossii obsudili voprosi ukrepleniya sotrudnichestva v sfere zashita prav cheloveka  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2025
Obuna bo‘lish
Inson huquqlari sohasida davlatlararo hamkorlik doirasida O‘zbekiston va Rossiya Ombudsmanlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar fuqarolarning murojaatlari bilan birgalikda ishlash, qiynoqlarga qarshi kurashish va migrantlar huquqlarini himoya qilish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
TOShKENT, 30-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Rossiya Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda ombudsman axborot xizmati xabar berdi.
Muloqot chog‘ida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, qiynoqlarga qarshi kurashish, jazoni ijro etish tizimida inson huquqlariga rioya qilish va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun shart-sharoitlar yaratish, migrantlar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
© Ombudsman UzbekistanaUpolnomochennie po pravam cheloveka Uzbekistana i Rossii obsudili voprosi ukrepleniya sotrudnichestva v sfere zashita prav cheloveka
Upolnomochennie po pravam cheloveka Uzbekistana i Rossii obsudili voprosi ukrepleniya sotrudnichestva v sfere zashita prav cheloveka  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2025
Upolnomochennie po pravam cheloveka Uzbekistana i Rossii obsudili voprosi ukrepleniya sotrudnichestva v sfere zashita prav cheloveka

O‘zbekistonda inson huquqlari sohasida tizimli islohotlar amalga oshirilayotgani, jumladan, Ombudsman instituti mustahkamlangani, aholiga yaqin, ta’sirchan va mustaqil institut sifatida shakllangani, uning faoliyati raqamlashtirilishi inson huquqlarini himoya qilishdagi samaradorlikni oshirishga xizmat qilayotganligi, bu esa institutning mamlakat ichkarisida ham, xalqaro maydonda ham obro‘sini mustahkamlashga hissa qo‘shayotgani aytib o‘tildi.

2019 yildan boshlab O‘zbekiston va Rossiya ombudsmanlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum amal qilmoqda. Ushbu memorandum doirasida ombudsman tomonidan Rossiyaga bir necha marotaba xizmat safarlari uyushtirilgan va Rossiya ombudsmani bilan hamkorlikda u yerda yashaydigan yoki penitensiar muassasalarda saqlanayotgan o‘zbekistonliklarning murojaatlari o‘rganib chiqilib, ularga amaliy yordam ko‘rsatilgan.
© Ombudsman UzbekistanaUpolnomochennie po pravam cheloveka Uzbekistana i Rossii obsudili voprosi ukrepleniya sotrudnichestva v sfere zashita prav cheloveka
Upolnomochennie po pravam cheloveka Uzbekistana i Rossii obsudili voprosi ukrepleniya sotrudnichestva v sfere zashita prav cheloveka  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2025
Upolnomochennie po pravam cheloveka Uzbekistana i Rossii obsudili voprosi ukrepleniya sotrudnichestva v sfere zashita prav cheloveka
Suhbat chog‘ida ikki mamlakat fuqarolarining murojaatlarini o‘zaro hamkorlikda ko‘rib chiqish tajribasiga alohida e’tibor qaratildi. 2025-yilning 2 choragida O‘zbekiston ombudsmaniga xorijiy davlatlar Ombudsmanlari va chet elda yashayotgan fuqarolardan 87 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 38 tasi Rossiyadan kelib tushgan. Rossiya ombudsmaniga o‘zbekistonliklar manfaatida 7 ta murojaat yuborilgan bo‘lib, ularning aksariyati ijobiy hal etilgan.
Po itogam 4-go zasedaniya Komissii po pravam cheloveka SNG prinyali zayavlenie Komissii po sluchayu 30-letiya so dnya prinyatiya Konvensii SNG o pravax i osnovnix svobodax cheloveka. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2025
O‘zbekiston MDH Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi yig‘ilishida ishtirok etdi
Yangiliklar lentasi
0