https://oz.sputniknews.uz/20250331/ozbekiston-tojikiston-qirgiziston-chegara-48666609.html
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston chegara to‘g‘risida tarixiy shartnoma imzoladi
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston chegara to‘g‘risida tarixiy shartnoma imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma imzolandi hamda uch davlat rahbarlarining Qo‘shma deklaratsiyasi qabul qilindi. Hujjatlar Xo‘jandda shahrida Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon va Sadir Japarovning uch tomonlama uchrashuvi yakunida imzolandi.
2025-03-31T14:11+0500
2025-03-31T14:11+0500
2025-03-31T14:24+0500
siyosat
o‘zbekiston
tojikiston
qirg‘iziston
shavkat mirziyoyev
emomali rahmon
sadir japarov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/1f/48665912_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_d3197f381d58220e1458d88b68ab7a59.jpg
TOShKENT, 31 mar – Sputnik. O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma imzolandi hamda uch davlat rahbarlarining qo‘shma deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.Hujjatlar Xo‘jandda shahrida Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon va Sadir Japarovning uch tomonlama uchrashuvi yakunida imzolandi.Mirziyoyev Tojikiston va Qirg‘iziston tomonlarini barcha masalalar uzil-kesil hal etilgani hamda davlat chegarasini delimitatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani bilan samimiy tabrikladi.Ushbu hujjat, shuningdek, uch mamlakat davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risida imzolanayotgan shartnoma barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga, butun mintaqaning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Tantanali ravishda ochilgan Do‘stlik stelasi esa qardosh mamlakatlar o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlarining yangi ramziga aylanishi qayd etildi.O‘zbekiston prezidenti amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Eng avvalo, bu oliy darajadagi faol va ishonchli aloqalarni davom ettirishdir.Chegaradosh hududlarning hamkorligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.So‘nggi yillarda O‘zbekistonning Qirg‘iziston va Tojikiston bilan tovar ayirboshlash hajmi o‘n karradan ziyodga oshgani qayd etildi. Bu hajmning deyarli yarmi chegaraoldi hududlarga to‘g‘ri keladi.Shu bois chegaralardagi bojxona punktlarini kompleks modernizatsiya qilish va kengaytirish, qulay, zamonaviy savdo va logistika infratuzilmasini shakllantirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.Uch tomonlama savdo maydonchasini tashkil etish, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining doimiy faoliyat ko‘rsatadigan ko‘rgazma-yarmarkasini yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganish taklif etildi.Kooperatsiyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida Mirziyoyev qo‘shma investitsiya jamg‘armalari kapitalini bosqichma-bosqich oshirishga tayyorligini bildirdi.Mamlakatlar o‘rtasida transport aloqalarini rivojlantirish borasidagi ishlarni davom ettirishga kelishib olindi. Bu aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish va geografiyasini kengaytirish, chegaraoldi hududlardagi shaharlar o‘rtasida yangi avtobus yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yishni o‘z ichiga oladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250331/mirziyoev-xojand-48662166.html
o‘zbekiston
tojikiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/1f/48665912_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_a8491274ffaabcd81b4b48b31469091e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, tojikiston qirg‘iziston davlat chegaralari tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma
o‘zbekiston, tojikiston qirg‘iziston davlat chegaralari tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston chegara to‘g‘risida tarixiy shartnoma imzoladi
14:11 31.03.2025 (yangilandi: 14:24 31.03.2025) Xo‘jandda uch mamlakat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 31 mar – Sputnik. O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma imzolandi hamda uch davlat rahbarlarining qo‘shma deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
xabar berdi. Hujjatlar Xo‘jandda shahrida Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon va Sadir Japarovning uch tomonlama uchrashuvi yakunida imzolandi.
Mirziyoyev Tojikiston va Qirg‘iziston tomonlarini barcha masalalar uzil-kesil hal etilgani hamda davlat chegarasini delimitatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani bilan samimiy tabrikladi.
Ushbu hujjat, shuningdek, uch mamlakat davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risida imzolanayotgan shartnoma barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga, butun mintaqaning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Tantanali ravishda ochilgan Do‘stlik stelasi esa qardosh mamlakatlar o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlarining yangi ramziga aylanishi qayd etildi.
O‘zbekiston prezidenti amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Eng avvalo, bu oliy darajadagi faol va ishonchli aloqalarni davom ettirishdir.
Chegaradosh hududlarning hamkorligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonning Qirg‘iziston va Tojikiston bilan tovar ayirboshlash hajmi o‘n karradan ziyodga oshgani qayd etildi. Bu hajmning deyarli yarmi chegaraoldi hududlarga to‘g‘ri keladi.
Shu bois chegaralardagi bojxona punktlarini kompleks modernizatsiya qilish va kengaytirish, qulay, zamonaviy savdo va logistika infratuzilmasini shakllantirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Uch tomonlama savdo maydonchasini tashkil etish, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining doimiy faoliyat ko‘rsatadigan ko‘rgazma-yarmarkasini yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganish taklif etildi.
Kooperatsiyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida Mirziyoyev qo‘shma investitsiya jamg‘armalari kapitalini bosqichma-bosqich oshirishga tayyorligini bildirdi.
Mamlakatlar o‘rtasida transport aloqalarini rivojlantirish borasidagi ishlarni davom ettirishga kelishib olindi. Bu aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish va geografiyasini kengaytirish, chegaraoldi hududlardagi shaharlar o‘rtasida yangi avtobus yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yishni o‘z ichiga oladi.