O‘zbekiston mahsulotlari dunyodagi eng yirik ko‘rgazmalaridan birida namoyish etildi

© Press-slujba Agentstva po karantinu i zashite rasteniyUzbekistan prinimayet uchastie v Mejdunarodnoy yarmarke CIFIT-2025
Uzbekistan prinimayet uchastie v Mejdunarodnoy yarmarke CIFIT-2025 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning yarmarkadagi ishtiroki mamlakat mahsulotlarini jahon bozorida keng targ‘ib etish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va yangi eksport yo‘nalishlarini ochishga muhim turtki bo‘ladi
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Xitoyning Samen shahrida bo‘lib o‘tayotgan CIFIT-2025 — Xalqaro investitsiya va savdo yarmarkasida O‘zbekiston o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yarmarka ochilishida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev nutq so‘zladi.
O‘zbekiston pavilonida mamlakatning tabiiy va yuqori sifatli mahsulotlari namoyish etilmoqda. Tashrif buyuruvchilar katta qiziqish bilan yangi xo‘l meva-sabzavotlar, quruq va quritilgan mevalar, oziq-ovqat mahsulotlari hamda salqin ichimliklar bilan tanishmoqda.
© Press-slujba Agentstva po karantinu i zashite rasteniyUzbekistan prinimayet uchastie v Mejdunarodnoy yarmarke CIFIT-2025
Uzbekistan prinimayet uchastie v Mejdunarodnoy yarmarke CIFIT-2025 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2025
Uzbekistan prinimayet uchastie v Mejdunarodnoy yarmarke CIFIT-2025
Ma’lumot uchun: CIFIT (China International Fair for Investment and Trade) — Xitoy Xalqaro investitsiya va savdo yarmarkasi bo‘lib, har yili Samen shahrida o‘tkaziladi va dunyodagi eng yirik investitsiya ko‘rgazmalaridan biri hisoblanadi. Asosiy maqsadi — investitsiya va savdoni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish.
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2025
O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyada Umumjahon ko‘rgazmasida ishtirok etdi
Yangiliklar lentasi
0