https://oz.sputniknews.uz/20250515/ozbekiston-qozogiston-qirgiziston-suv-energetika-49356522.html
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston suv va energetika rejimi bo‘yicha kelishib oldi
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston suv va energetika rejimi bo‘yicha kelishib oldi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika va suv resurslariga oid tegishli hujjat imzolandi. 15.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-15T13:08+0500
2025-05-15T13:08+0500
2025-05-15T13:17+0500
iqtisod
o‘zbekiston
qozog‘iston
qirg‘iziston
energetika
suv
sirdaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/0f/49355737_0:56:1080:664_1920x0_80_0_0_0b17b49f619be8045e1fd81cc4bcf19d.jpg
TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika va suv resurslariga mas’ul vazirliklarning uch tomonlama yig‘ilishida energetika obyektlarining ish rejimlari va yoz mavsumida Sirdaryo havzasida suv taqsimoti tartibi to‘g‘risida kelishib olindi. Bu haqda Qozog‘iston energetika vazirligi xabar berdi. Toshkentdagi O‘zbekiston energetika haftaligida Qozog‘iston energetika vaziri Yerlan Akkenjenov ham ishtirok etdi. Qayd etilishicha, hujjatning imzolanishi Markaziy Osiyoda suv resurslaridan muvozanatli foydalanish va energiya tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan uch davlat o‘rtasidagi muntazam hamkorlik doirasidagi muhim qadamdir. Har bir vegetatsiya oldidan rejimlarni muhokama qilish va kelishish gidrologik vaziyatni va mamlakatlarning suv-energetika resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olishga imkon beradi. O‘simlik mavsumi rejimlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar birgalikdagi izchil ishlar samarasi bo‘lib, barcha ishtirokchi mamlakatlar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan. Aytilishicha, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida Qambarota GES-1 qurilishi loyihasi bo‘yicha muhokamalar, shuningdek, Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston ishtirokida Kaspiy energetika yo‘lagini yaratish loyihasi ustida ishlash odatdagidek davom etmoqda.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston energetika haftaligi 13-15 may kunlari bo‘lib o‘tmoqda. U bir qator yirik tadbirlarni o‘z ichiga olgan. Ko‘rgazmada 34 ta davlat, jumladan, Rossiya va O‘zbekistondan 465 ta kompaniya ishtirok etmoqda. O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning ma’lum qilishicha, Energetika haftaligi doirasidagi forum 32 ta davlatdan 3,4 mingdan ortiq ishtirokchini birlashtirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250513/energetika-haftalik-ozbekneftgaz-kazmunaygaz-49333169.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
qirg‘iziston
sirdaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/0f/49355737_60:0:1020:720_1920x0_80_0_0_d299bd7d26676887be91cc3767a47ee1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, qozog‘iston, qirg‘iziston, energetika, suv, sirdaryo
iqtisod, o‘zbekiston, qozog‘iston, qirg‘iziston, energetika, suv, sirdaryo
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston suv va energetika rejimi bo‘yicha kelishib oldi
13:08 15.05.2025 (yangilandi: 13:17 15.05.2025) Toshkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika va suv resurslariga oid tegishli hujjat imzolandi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika va suv resurslariga mas’ul vazirliklarning uch tomonlama yig‘ilishida energetika obyektlarining ish rejimlari va yoz mavsumida Sirdaryo havzasida suv taqsimoti tartibi to‘g‘risida kelishib olindi. Bu haqda Qozog‘iston energetika vazirligi
xabar berdi. Toshkentdagi O‘zbekiston energetika haftaligida Qozog‘iston energetika vaziri Yerlan Akkenjenov ham ishtirok etdi. Qayd etilishicha, hujjatning imzolanishi Markaziy Osiyoda suv resurslaridan muvozanatli foydalanish va energiya tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan uch davlat o‘rtasidagi muntazam hamkorlik doirasidagi muhim qadamdir.
Har bir vegetatsiya oldidan rejimlarni muhokama qilish va kelishish gidrologik vaziyatni va mamlakatlarning suv-energetika resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olishga imkon beradi.
O‘simlik mavsumi rejimlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar birgalikdagi izchil ishlar samarasi bo‘lib, barcha ishtirokchi mamlakatlar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan.
“Biz energetika sohasidagi texnologik innovatsiyalarni kuzatishda davom etamiz va ishlab chiqaruvchilarimizni qo‘llab-quvvatlaymiz, bu esa sohani modernizatsiya qilish va mintaqaviy sherikligimizni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega”, — dedi Akkenjenov.
Aytilishicha, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida Qambarota GES-1 qurilishi loyihasi bo‘yicha muhokamalar, shuningdek, Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston ishtirokida Kaspiy energetika yo‘lagini yaratish loyihasi ustida ishlash odatdagidek davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston energetika haftaligi 13-15 may kunlari bo‘lib o‘tmoqda. U bir qator yirik tadbirlarni o‘z ichiga olgan. Ko‘rgazmada 34 ta davlat, jumladan, Rossiya va O‘zbekistondan 465 ta kompaniya ishtirok etmoqda. O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning ma’lum qilishicha, Energetika haftaligi doirasidagi forum 32 ta davlatdan 3,4 mingdan ortiq
ishtirokchini birlashtirdi.