https://oz.sputniknews.uz/20250811/noqonuniy-migrantlar-51179404.html
Rossiyadagi noqonuniy migrantlar ogohlantirildi
Rossiyadagi noqonuniy migrantlar ogohlantirildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidentining 1126-sonli farmoniga ko‘ra, ushbu ro‘yxatdagi chet elliklar 2025-yil 10-sentabrgacha qonuniy maqomni rasmiylashtirishi yoki mamlakatdan chiqib ketishi talab etiladi. Ushbu sanadan keyin o‘z maqomini qonuniylashtirishning iloji bo‘lmaydi, qoidabuzarlarni esa deportatsiya va kirish taqiqi kutmoqda. Reyestrda bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rish tavsiya etiladi.Tekshirib ko‘rish uchun quyidagi havolalarni bosing:
2025-08-11T20:17+0500
2025-08-11T20:17+0500
2025-08-11T20:17+0500
migratsiya
migrantlar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/0a/47029381_0:0:960:540_1920x0_80_0_0_235880b3167aa5211ac49f80ee497c05.jpg
TOShKENT, 11 avg – Sputnik. Rossiyada 2025-yil 5-fevraldan nazorat ostidagi shaxslar reyestri ishlamoqda. Unga mamlakatda qonuniy asoslarsiz bo‘lib turgan barcha chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiritiladi.Rossiya prezidentining 1126-sonli farmoniga ko‘ra, ushbu ro‘yxatdagi chet elliklar 2025-yil 10-sentabrgacha qonuniy maqomni rasmiylashtirishi yoki mamlakatdan chiqib ketishi talab etiladi. Ushbu sanadan keyin o‘z maqomini qonuniylashtirishning iloji bo‘lmaydi, qoidabuzarlarni esa deportatsiya va kirish taqiqi kutmoqda, deya ogohlantirdi Rossiya IIV Migratsiya xizmati.Rossiyada yashayotgan yoki borishni rejalashtirayotganlarga Rossiya IIV yoki "Davlat xizmatlari" saytlari orqali ushbu reyestrda bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rish tavsiya etiladi.Tekshirib ko‘rish uchun quyidagi havolalarni bosing:MVD.ru/rklgosuslugi.ru/newsearch/reestr-kontroliruemyh-licUshbu qonun kimlarga taalluqli?Birinchi navbatda – noqonuniy mehnat migrantlariga (shu jumladan, YeOII mamlakatlaridan kelgan). Ular Rossiyada qolish uchun ish beruvchi bilan mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzishi (keyinga qoldirilgan ish boshlash sanasi ko‘rsatiligan shartnoma tuzib bo‘lsa ham) va uning nusxasini Ichki ishlar vazirligining hududiy bo‘linmasiga taqdim etishlari kerak.Qayerga murojaat qilish kerak:Ular biometrik identifikatsiyadan hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, soliqlar, jarimalar va davlat bojlari bo‘yicha qarzlarni to‘lashi (agar mavjud bo‘lsa) kerak bo‘ladi.10 sentabrgacha ulgurmaganlar Rossiyaga kiritilmaydi, Rossiyada yurganlar deportatsiya qilinadi, shuningdek, ularga IIV ruxsatisiz yashash joyini o‘zgartirish, boshqa hududlarga chiqish, ko‘chmas mulk sotib olish, biznes ochish, farzandlarini bolalar bog‘chasi va o‘rta maktabga berish, avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250804/ozbekiston-51025763.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/0a/47029381_120:0:840:540_1920x0_80_0_0_ec874ba30a54b7cb173b8f8f6cc0080a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya migrantlar reyestr tekshirish putin farmoni 1126
rossiya migrantlar reyestr tekshirish putin farmoni 1126
Rossiyadagi noqonuniy migrantlar ogohlantirildi
Rossiyada 5-fevraldan noqonuniy yurgan chet el fuqarolari uchun nazorat ostidagi shaxslar reyestri ishga tushdi. 10-sentabrgacha maqomni rasmiylashtirish yoki chiqib ketish talab etiladi
TOShKENT, 11 avg – Sputnik. Rossiyada 2025-yil 5-fevraldan nazorat ostidagi shaxslar reyestri ishlamoqda. Unga mamlakatda qonuniy asoslarsiz bo‘lib turgan barcha chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiritiladi.
Rossiya prezidentining
1126-sonli farmoniga ko‘ra, ushbu ro‘yxatdagi chet elliklar 2025-yil 10-sentabrgacha qonuniy maqomni rasmiylashtirishi yoki mamlakatdan chiqib ketishi talab etiladi. Ushbu sanadan keyin o‘z maqomini qonuniylashtirishning iloji bo‘lmaydi, qoidabuzarlarni esa deportatsiya va kirish taqiqi kutmoqda, deya ogohlantirdi Rossiya IIV Migratsiya xizmati.
Rossiyada yashayotgan yoki borishni rejalashtirayotganlarga Rossiya IIV yoki "Davlat xizmatlari" saytlari orqali ushbu reyestrda bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rish tavsiya etiladi.
Tekshirib ko‘rish uchun quyidagi havolalarni bosing:
Ushbu qonun kimlarga taalluqli?
Birinchi navbatda – noqonuniy mehnat migrantlariga (shu jumladan, YeOII mamlakatlaridan kelgan). Ular Rossiyada qolish uchun ish beruvchi bilan mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzishi (keyinga qoldirilgan ish boshlash sanasi ko‘rsatiligan shartnoma tuzib bo‘lsa ham) va uning nusxasini Ichki ishlar vazirligining hududiy bo‘linmasiga taqdim etishlari kerak.
Qayerga murojaat qilish kerak:
yashash joyi bo‘yicha IIV "Pasport-viza xizmati" davlat korxonasi
(FGUP PVS) filialiga.
Moskva shahrida istiqomat qiladiganlar –Saxarovodagi ko‘p tarmoqli migratsiya markaziga.
uzoq masofada yoki murakkab vaziyatlardagilar - IIV migratsiya masalalari bo‘yicha bo‘linmalariga.
Ular biometrik identifikatsiyadan hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, soliqlar, jarimalar va davlat bojlari bo‘yicha qarzlarni to‘lashi (agar mavjud bo‘lsa) kerak bo‘ladi.
10 sentabrgacha ulgurmaganlar Rossiyaga kiritilmaydi, Rossiyada yurganlar deportatsiya qilinadi, shuningdek, ularga IIV ruxsatisiz yashash joyini o‘zgartirish, boshqa hududlarga chiqish, ko‘chmas mulk sotib olish, biznes ochish, farzandlarini bolalar bog‘chasi va o‘rta maktabga berish, avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanadi.