Qozog‘iston prezidenti yil oxirigacha O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Prezident Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomart Tokayev pribil s vizitom v nashu stranu.
Prezident Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomart Tokayev pribil s vizitom v nashu stranu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2025
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, bu tashriflar Qozog‘istonning mintaqaviy diplomatiyasida muhim rol o‘ynaydi.
TOShKENT, 8-sen — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev yil oxirigacha Rossiya va O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar berdi.
"Shuningdek, Qozog‘iston prezidenti 2025-yil oxirigacha uning Rossiya va O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tishini aytdi", - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Rossiyaga amalga oshirilishi rejalashtirilgan tashriflar Qozog‘istonning mintaqaviy diplomatiyasida muhim rol o‘ynashi, xalqaro hamkorlikning kengayishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Qozog‘iston rahbari bundan tashqari, Ostona shahrida Ozarbayjon, Armaniston va Turkmaniston prezidentlarini qabul qilinishini ham aytib o‘tgan. Ular bilan bir qatorda, Osiyo va Yevropa davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvlar ham rejalashtirilayotgani ham aytildi.
Eslatamiz, Toqayev aprel boshida sammit doirasida Samarqand shahriga tashrif buyurgan va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazgandi.
Sbros vodi na Bureyskoy GES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2025
Toshkent, Bishkek va Ostona suv-energetika balansi bo‘yicha kelishib oldi
Yangiliklar lentasi
0