Mirziyoyev Rahmonga Mustaqillik kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

© Foto : Press-slujba Prezidenta TadjikistanaSeremoniya otkritiya novogo zdaniya posolstva Uzbekistana v Dushanbe
Seremoniya otkritiya novogo zdaniya posolstva Uzbekistana v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2025
Obuna bo‘lish
Bu yil 9-sentabr kuni Tojikiston Mustaqillikning 34-yilligini nishonlaydi.
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonga Mustaqillik kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

“Qardosh xalq sifatida biz sizning mamlakatingizning jadal rivojlanayotgani, uning global miqyosdagi yorqin yutuqlari va o‘sib borayotgan xalqaro nufuzidan behad shodmiz. Ishonchim komilki, xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari mustahkamlanib boraveradi va an’anaviy yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib boradi”, - deyiladi tabrik matnida.

O‘zbekiston rahbari tojikistonlik hamkasbiga sihat-salomatlik, mas’uliyatli davlat faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Tojikiston xalqiga esa tinchlik, farovonlik va ravnaq tilagan.
Tojikistonda 9-sentabr kuni Mustaqillik kuni nishonlanadi.
Shavkat Mirziyov, Emomali Raxmon i Sadir Japarov podpisali Dogovor o tochke stika gosudarstvennix granis Uzbekistana, Tadjikistana i Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2025
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston chegara to‘g‘risida tarixiy shartnoma imzoladi
Yangiliklar lentasi
0