Rossiyalik shifokorlar O‘zbekistonga “Ezgulik missiyasi” bilan kelishadi

© Sputnik / Varvara Gertye / Mediabankka o‘tishOperatsiya po udaleniyu zlokachestvennoy opuxoli
Operatsiya po udaleniyu zlokachestvennoy opuxoli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2025
Obuna bo‘lish
Unda jarroh, yurak-qon tomir jarrohlari, urolog, akusher-ginekolog, endokrinolog va travmatolog-ortoped mutaxassislar ishtirok etadi.
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. 8 nafar rossiyalik shifokor O‘zbekiston aholisi salomatligini mustahkamlash hamda mahalliy hamkasblar bilan tajribalarini bo‘lishi uchun Toshkent va Samarqandga tashrif buyuradi. Xalqaro ko‘ngillilar dasturi – “Ezgulik missiyasi” (Missiya Dobro) 8-13 sentabr kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda dasturning rasmiy manbasida xabar qilindi.
Ta’kidlanishicha, missiyada “RJD-Meditsina” tizimiga mansub jarroh, yurak-qon tomir jarrohlari, urolog, akusher-ginekolog, endokrinolog va travmatolog-ortoped kabi mutaxassislar ishtirok etadi. Ular tibbiyot muassasalarida qabul va maslahatlar o‘tkazib, hamkasblari hamda tibbiyot oliygohlari talabalari uchun mahorat darslari va ma’ruzalar tashkil qilishadi.
Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, har bir mutaxassis o‘z yo‘nalishi bo‘yicha aniq belgilangan shifoxona bazasida faoliyat yuritishi rejalashtirilgan.
Bu “RJD-Meditsina” shifokorlarining O‘zbekistonga amalga oshirgan ikkinchi safaridir. O‘tgan yili ular Toshkentda bo‘lib, ma’ruzalar, maslahatlar va jarrohlik amaliyotlari o‘tkazishgan. O‘shanda ishtirok etgan uch nafar shifokor joriy delegatsiya tarkibidan ham o‘rin olgan.
“Bir yil avval biz murakkab klinik holatlarni muhokama qilgan edik, birgalikda operatsiyalar o‘tkazdik, ko‘plab ilmiy uchrashuvlar tashkil etdik. Bu gal ham hamkorlikni davom ettirish, tajriba almashish jarayonini kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirapmiz”, – deydi missiya a’zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor, jarroh Vladislav Shirinskiy.
Qayd etish joizki, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan joriy tadbir “Ezgulik missiyasi”ning 45-safari bo‘lib, “Dobro.RF” assotsiatsiyasi hamda Rossotrudnichestvo tashabbusi bilan tashkil etilmoqda. Mazkur xalqaro dasturda Rossiyaning sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va ekologiya sohasidagi ko‘plab mutaxassislari ko‘p yillardan buyon ishtirok etib, dunyoning turli mamlakatlarida aholiga yordam ko‘rsatib kelmoqda.
Bugungi kunga qadar 20 tadan ortiq mamlakatdan 15 mingga yaqin bemorga rossiyalik mutaxassislar tomonidan yordam ko‘rsatilgan.
O‘zbekistonda shifokorlar bemorlarga baxtli bolalikni qanday qaytarishapti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2025
Oq xalatli sehrgarlar: shifokorlar bemorlarga baxtli bolalikni qanday qaytarishapti
Yangiliklar lentasi
0