Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari Dnepropetrovsk viloyatidagi Xoroshee qishlog‘ini ozod qildi

© Sputnik / Sergey Bobilev / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota rascheta minometa "Tulpan" v zone SVO
Boyevaya rabota rascheta minometa Tulpan v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2025
Obuna bo‘lish
Ukraina armiyasi bu yo‘nalishda katta yo‘qotishlarga duch keldi.
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. Rossiya harbiylari Dnepropetrovsk viloyatidagi Xoroshee aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Sharq” guruhi bo‘linmalari hujumkor xatti-harakatlar natijasida Dnepropetrovsk viloyatidagi Xoroshee aholi puntktini ozod qildi”, - deyilgan xabarda.
“Sharq” jangchilari Zaporojye viloyatidagi Uspenovka, Chervonoe va Dorojnyanka hamda Dnepropetrovsk viloyatidagi Alekseyevka va Novopavlovka qishloqlari hududlaridagi oltita ukrain brigada tuzilmalariga zarba berdi.
Ukraina armiyasi bu yo‘nalishda 200 nafarga yaqin harbiysini yo‘qotdi, to‘rtta jangovar zirhli mashinasi, oltita avtomobili va uchta artilleriya qurolidan mahrum bo‘ldi.
4 sentabr kuni “Sharq” jangchilari Dnepropetrovsk viloyatidagi Novosolovkani ozod qilgani ma’lum bo‘lgandi.
Avvalroq Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i, armiya generali Valeriy Gerasimov 2025-yilgi bahor-yozgi kampaniya yakunlarini sarhisob qilayotib, “Sharq” guruhi Dnepropetrovsk viloyatidagi hujumini kengaytirayotganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yerdagi Voronoe, Yanvarskoe, Novogeorgiyevka, Maliyevka va Zaporojskoe aholi punktlari ozod qilingan.
Rossiya peredala Ukraine yeshe tisachu tel voyennix - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina jami 1,8 million askarini yo‘qotgan
Yangiliklar lentasi
0