Yoshlar uchun olis va cho‘l hududlarda yer uchastkalari “1 so‘m”dan auksionga chiqariladi

© Sputnik / Ruslan KrivobokAuksion
Auksion  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2025
Obuna bo‘lish
Yangi qarorga muvofiq, olis va cho‘l hududlardagi yoshlar sanoat zonalarida yer uchastkalari 1 so‘mdan auksionga chiqariladi. Shuningdek, ko‘p qavatli uylar qurilishi uchun qo‘shimcha talablar belgilandi.
TOShKENT, 5 sen – Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrda qabul qilingan 559-sonli qaroriga ko‘ra, yer uchastkalarini onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish jarayonida qator qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda.
Jumladan, 2025-yil 5-sentabrdan boshlab olis va cho‘l hududlardagi yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi bo‘sh yer uchastkalari “1 so‘m” xarid qiymatida elektron onlayn-auksion orqali sotuvga qo‘yiladi.
Bu kabi zonalarning ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar kengashlari qarorlari asosida tasdiqlanadi.
Shuningdek, qarorga muvofiq, ko‘p kvartirali turar joylar qurilishi uchun "E-auksion" orqali sotib olingan yerlarda loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash — 15 kun, loyiha ishlarini amalga oshirish — 2 oy, qurilishni boshlash — 3 oy muddatda bajarilishi belgilandi.
Belgilangan talablar bajarilmasa, yer uchastkalari davlat zaxirasiga qaytariladi va takroran savdoga chiqariladi.
Yer uchastkalarida qurilish ishlarini boshlab, foydalanishga topshirigunga qadar bo‘lgan jarayonlarning barcha bosqichlarini “Onlayn mahalla” elektron platformasida monitoring etiladi.
Qurilish ishlarini boshlash, kredit mablag‘larining ajratilishi, infratuzilma tarmoqlariga ulanish va loyihani foydalanishga topshirish jarayonida yuzaga keladigan masalalari elektron platformaga kiritilgan kundan boshlab o‘n besh kun muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, muammoli masalalar toifasiga o‘tkaziladi hamda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan muhokama etib boriladi.
Hujjatda qayd etilishicha, agar sud qarori bilan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq bekor etilsa, yer takroran sotilgandan tushgan mablag‘ hisobidan, yerga bo‘lgan huquqi bekor qilingan shaxsga uning to‘lagan puli qaytariladi.
V texnoparke Zaamina zapusheno pervoe predpriyatie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2025
“Zomin” texnoparkida ilk korxona ishga tushdi
Yangiliklar lentasi
0