“Zomin” texnoparkida ilk korxona ishga tushdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV texnoparke Zaamina zapusheno pervoe predpriyatie
V texnoparke Zaamina zapusheno pervoe predpriyatie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2025
Obuna bo‘lish
Birinchi bosqichda maxsus sanoat zonasiga 9 ta loyiha joylashtirilgan. Hozir qariyb 300 million dollarlik yana 7 ta loyiha bo‘yicha qurilish ishlari davom etmoqda.
TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, “Zomin” texnoparki maxsus sanoat zonasini borib ko‘rdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Bu majmua qurilishini o‘tgan yili 27-iyunda prezident boshlab bergan edi. 400 gektarda barpo etilayotgan texnoparkda xitoylik investorlar bilan birgalikda 1 mlrd 200 mln dollarlik 31 ta loyiha amalga oshiriladi.
“Yaqinda ilk korxona - “Xinjiang Honglin Tiandi” kompaniyasi tomonidan qiymati 10 million dollarlik beton mahsulotlari tayyorlash loyihasi ishga tushirildi. 60 kishining bandligi ta’minlandi”, - deyilgan xabarda.
Ayni kunlarda 42 mln dollarlik ikkinchi loyiha bo‘yicha ishlar yakuniy bosqichda. Unda “Midea” brendi ostida yiliga 300 ming dona maishiy elektr texnikalari ishlab chiqariladi. 150 ta ish o‘rni ochiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV texnoparke Zaamina zapusheno pervoe predpriyatie
V texnoparke Zaamina zapusheno pervoe predpriyatie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2025
V texnoparke Zaamina zapusheno pervoe predpriyatie
Mirziyoyevga shu va navbatdagi loyihalar haqida axborot berildi.
Birinchi bosqichda maxsus sanoat zonasiga 9 ta loyiha joylashtirilgan. Bugungi kunda qariyb 300 mln dollarlik yana 7 ta loyiha bo‘yicha qurilish ishlari davom etmoqda. Ularda qurilish materiallari, konstruksiyalar, elektr texnikasi va kimyo mahsulotlari ishlab chiqariladi, logistika va trening markazi tashkil etiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV texnoparke Zaamina zapusheno pervoe predpriyatie
V texnoparke Zaamina zapusheno pervoe predpriyatie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2025
V texnoparke Zaamina zapusheno pervoe predpriyatie
Qayd etilishicha, sanoat zonasidagi barcha loyihalar natijasida qariyb 5 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi, 15 turdagi yangi mahsulot o‘zlashtirilib, 70 mln dollarlik eksport salohiyati yaratiladi. 5 mingdan ortiq fuqaro ishli bo‘ladi.
Prezident investorlarga ko‘maklashib, loyihalarni tezlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Sanoat sohalariga mos mutaxassislar tayyorlash, yoshlar bandligini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2025
Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi
Yangiliklar lentasi
0