https://oz.sputniknews.uz/20250905/rossiya-afgoniston-insonparvarlik-yordam-51753172.html
Rossiya Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Jukovskiy aeroportidan Afg‘onistonga zilziladan jabr ko‘rgan aholi uchun insonparvarlik yordamining birinchi turkumini olib uchdi
2025-09-05T12:04+0500
2025-09-05T12:04+0500
2025-09-05T12:04+0500
dunyoda
afg‘oniston
rossiya
insonparvarlik yordami
zilzila
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/05/51754877_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_105f1e46da95421058a44970592b1fd3.jpg
TOShKENT, 8-sen – Sputnik. Rossiya kuchli zilziladan jabr ko‘rgan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi.Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati ma’lum qildi.Vazirlikning IL-76 transport samolyoti Moskva yaqinidagi Jukovskiy aeroportidan insonparvarlik yordamining birinchi turkumini olib uchdi.Gumanitar operatsiya Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ko‘rsatmasi va Rossiya hukumatining topshirig‘iga binoan amalga oshirilmoqda.Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston sharqida 31-avgust kuni tun yarmiga yaqin 6 magnitudali zilzila va uning ketidan bir necha aftershoklar sodir bo‘lgan edi. Tabiiy ofat Kunar, Lag‘mon va Nangarhor viloyatlariga katta zarar yetkazib, ko‘plab qishloqlarni vayron qilgan hamda yillar davomidagi mojarolar, qashshoqlik va tabiiy ofatlar tufayli zaiflashgan sog‘liqni saqlash tizimiga og‘ir zarba bergan. Afg‘oniston rasmiylarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 2205 kishiga yetgan, yana 3640 kishi jarohat olgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20250903/tiv-ozbekiston-afgoniston-zilzila-51693653.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/05/51754877_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_f10c6ca26ef083e0ba2db25c2bbe0adc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya afg‘oniston insonparvarlik yordam zilzila 20 tonna
rossiya afg‘oniston insonparvarlik yordam zilzila 20 tonna
Rossiya Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi
Ko‘rsatilishi rejalashtirilgan yordam turkumlarining ilk parvozi jami 20 tonna yordam yuklarini o‘z ichiga olgan.
TOShKENT, 8-sen – Sputnik. Rossiya kuchli zilziladan jabr ko‘rgan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi.Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati
ma’lum qildi.
Vazirlikning IL-76 transport samolyoti Moskva yaqinidagi Jukovskiy aeroportidan insonparvarlik yordamining birinchi turkumini olib uchdi.
Gumanitar operatsiya Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ko‘rsatmasi va Rossiya hukumatining topshirig‘iga binoan amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, rossiyalik qutqaruvchilar umumiy og‘irligi 20 tonnaga teng gumanitar yordam yuklarini topshiradi va ular oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston sharqida 31-avgust kuni tun yarmiga yaqin 6 magnitudali zilzila va uning ketidan bir necha aftershoklar
sodir bo‘lgan edi. Tabiiy ofat Kunar, Lag‘mon va Nangarhor viloyatlariga katta zarar yetkazib, ko‘plab qishloqlarni vayron qilgan hamda yillar davomidagi mojarolar, qashshoqlik va tabiiy ofatlar tufayli zaiflashgan sog‘liqni saqlash tizimiga og‘ir zarba bergan. Afg‘oniston rasmiylarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 2205 kishiga yetgan, yana 3640 kishi jarohat olgan edi.