TIV: O‘zbekiston Afg‘onistondagi zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam ko‘rsatishga tayyor

© AP PhotoZemletrasenie v Afganistane
Zemletrasenie v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2025
Obuna bo‘lish
Baxtiyor Saidov Afg‘oniston xalqi va hukumatiga chuqur hamdardlik bildirdi.
TOShKENT, 3 sen – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan va keng ko‘lamli vayronagarchiliklarga sabab bo‘lgan dahshatli zilzila munosabati bilan Afg‘oniston xalqi va hukumatiga chuqur hamdardlik bildirdi.
Vazir halok bo‘lganlarning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etib, jabrlanganlarning tez orada sog‘ayishlarini tilagan.

“Biz og‘ir kunlarda birodar Afg‘oniston xalqi bilan birdam bo‘lib, ushbu fojiali tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda har tomonlama yordam berishga tayyorligimizni bildiramiz”, - deya yozdi Saidov o‘zining Telegram-kanalida.

Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Afg‘oniston rahbariyatiga mamlakatdagi zilzila oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan edi.
31 avgust kuni mahalliy vaqt bilan yarim tunda Afg‘oniston sharqidagi Nangarhor viloyatining Jalolobod shahridan 27 km shimoli-sharqda 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning o‘chog‘i taxminan 8 km chuqurlikda joylashgan. Eng ko‘p zarar ko‘rgan Kunar viloyati bo‘lib, u yerda kamida uchta qishloq vayron bo‘lgan. Shuningdek, yana uchta provinsiyada vayronagarchiliklar qayd etilgan: Lag‘mon, Nuriston va Panjsher.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida kamida 1124 kishi halok bo‘lgan, 3251 nafardan ortiq kishi jarohatlangan. Qutqaruv-qidiruv ishlari davom ettirilmoqda. Ko‘plab qishloqlar butunlay vayron bo‘lgan.
Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulovning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston hukumati Rossiyadan yordam so‘ragan va hozir bu so‘rov ko‘rib chiqilmoqda.
Zemletrasenie v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2025
Mirziyoyev Afg‘oniston rahbariyatiga hamdardlik bildirdi
Yangiliklar lentasi
0