https://oz.sputniknews.uz/20250905/isroil-prezident-rim-papa-uchrashuv-51747386.html
Rim papasi Isroil prezidenti bilan uchrashuvda G‘azodagi urushni to‘xtatishga chaqirdi
Rim papasi Isroil prezidenti bilan uchrashuvda G‘azodagi urushni to‘xtatishga chaqirdi
Sputnik O‘zbekiston
Papa Levning maqsadi urushga barham berish va jabr ko‘rganlarga yordam qo‘lini cho‘zishdir
2025-09-05T16:41+0500
2025-09-05T16:41+0500
2025-09-05T16:41+0500
isroil-falastin mojarosi
rim papasi
isroil
falastin
mojaro
muzokaralar
dunyo yangiliklari
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/05/51763527_0:737:2048:1889_1920x0_80_0_0_3c8716835258d0b7f84f5a9586de930b.jpg
TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Rim papasi Lev XIV payshanba kuni bo‘lib o‘tgan Isroil prezidenti Isxak Gersog bilan uchrashuvida G‘azodagi fojiali vaziyatni muhokama qildi va Falastin anklavidagi urush harakatlarini butunlay to‘xtatishga chaqirdi, deb ma’lum qilmoqda Vatikan.Bayonotda aytilishicha, Papa Falastinning HAMAS guruhi qo‘lida qolgan garovdagilarni ozod qilishga chaqirdi hamda cherkovning ko‘p yillik Isroil-Falastin mojarosini hal qilish uchun ikki alohida davlat tuzish to‘g‘risidagi yechimni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.Cherkov rahbarlarning Isroil prezidenti bilan Vatikan Apostol saroyida bir-birlarini kutib olayotgan suratlari e’lon qilindi, ammo ular qancha vaqt birga bo‘lganini ma’lum qilinmadi. Rasmlardan birida ikki rahbar yonma-yon turgan holda tasvirlangan, ularning hech biri tabassum qilmayapti, deya e’tibor qaratgan "Reuters"May oyida jahon kardinallari tomonidan marhum Papa Fransisk o‘rniga saylangan Lev ilgari Isroilning G‘azodagi harbiy kampaniyasi haqida Fransisk bilan so‘zlashganda nisbatan ehtiyotkorroq ohangda bo‘lgani ta’kidlanmoqda."Google" katta pul evaziga Isroil tashviqoti bilan shug‘ullangani ma’lum bo‘ldiMa’lum bo‘lishicha, 12-yil davomida cherkovni boshqargan Fransisk Isroilga hamisha tanqid ko‘zi bilan qaragan. U Isroilning Falastin xalqiga qarshi genotsid qilayotgani yoki qilmayotganini tekshirishni taklif qilgan, bu esa Isroil rasmiylarining keskin tanqidiga sabab bo‘lgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250901/gazo-sektor-mirziyoev-51654238.html
falastin
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/05/51763527_0:545:2048:2081_1920x0_80_0_0_7b7437d2f94ab7dbc49807dd0ba06198.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
isroil prezident rim papasi uchrashuv g‘azo muzokara fikr tankid
isroil prezident rim papasi uchrashuv g‘azo muzokara fikr tankid
Rim papasi Isroil prezidenti bilan uchrashuvda G‘azodagi urushni to‘xtatishga chaqirdi
Papa suhbat chog‘ida G‘azodagi fojiali vaziyat masalasini ko‘targan va ko‘p yillik Isroil-Falastin mojarosini hal qilish uchun ikki alohida davlat tuzish to‘g‘risidagi yechimni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlagan.
TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Rim papasi Lev XIV payshanba kuni bo‘lib o‘tgan Isroil prezidenti Isxak Gersog bilan uchrashuvida G‘azodagi fojiali vaziyatni muhokama qildi va Falastin anklavidagi urush harakatlarini butunlay to‘xtatishga chaqirdi, deb
ma’lum qilmoqda Vatikan.
Bayonotda aytilishicha, Papa Falastinning HAMAS guruhi qo‘lida qolgan garovdagilarni ozod qilishga chaqirdi hamda cherkovning ko‘p yillik Isroil-Falastin mojarosini hal qilish uchun ikki alohida davlat tuzish to‘g‘risidagi yechimni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.
"Barcha garovdagilarni ozod qilish, zudlik bilan urush harakatlarini butunlay to‘xtatishga erishish, eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlarga insonparvarlik yordamini xavfsiz yetkazib berishga ko‘maklashish va inson huquqlariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash uchun muzokaralar tezda qayta boshlanishiga umid qilaman", – degan Rim papasi suhbat chog‘ida.
Cherkov rahbarlarning Isroil prezidenti bilan Vatikan Apostol saroyida bir-birlarini kutib olayotgan suratlari e’lon qilindi, ammo ular qancha vaqt birga bo‘lganini ma’lum qilinmadi. Rasmlardan birida ikki rahbar yonma-yon turgan holda tasvirlangan, ularning hech biri tabassum qilmayapti, deya
e’tibor qaratgan "Reuters"
May oyida jahon kardinallari tomonidan marhum Papa Fransisk o‘rniga saylangan Lev ilgari Isroilning G‘azodagi harbiy kampaniyasi haqida Fransisk bilan so‘zlashganda nisbatan ehtiyotkorroq ohangda bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 12-yil davomida cherkovni boshqargan Fransisk Isroilga hamisha tanqid ko‘zi bilan qaragan. U Isroilning Falastin xalqiga qarshi genotsid qilayotgani yoki qilmayotganini tekshirishni taklif qilgan, bu esa Isroil rasmiylarining keskin tanqidiga sabab bo‘lgan.