O‘zbekistonda 2028-yilga borib 14 mlrd kub metr suv tejaladi

© Ministerstvo selskogo xozaystvaIrrigatsionnim sistemi i sistemi kapelnogo orosheniya
Irrigatsionnim sistemi i sistemi kapelnogo orosheniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2025
Obuna bo‘lish
Prezident suv resurslarini boshqarishga oid takliflar bilan tanishdi. Dasturga ko‘ra, 2028-yilgacha 2,5 ming km sug‘orish tarmoqlari rekonstruksiya qilinib, yo‘qotishlarni kamaytirish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda suv tanqisligi sharoitida sug‘orish tarmoqlari ta’mirlanmoqda, suv tejovchi texnologiyalar joriy etilmoqda. 2020–2024 yillarda bu maqsadlarga 60 trillion so‘m budjet mablag‘lari hamda 622 million dollar xorijiy investitsiya yo‘naltirildi. Suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etilgan maydonlar ulushi 2020-yildagi 4 foizdan 2025-yilga kelib 50 foizga yetdi.
2025–2028 yillarga mo‘ljallangan yangi dastur tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2 551 kilometr tarmoq rekonstruksiya qilinadi, energiya sarfini kamaytirish uchun nasos uskunalari almashtiriladi, suv ta’minoti past va sho‘rlangan maydonlar qisqartiradi, 460 ming gektar yer qishloq xo‘jaligi aylanmasiga qaytariladi. Shuningdek, 1,4 million gektarda suv tejovchi texnologiyalar, jumladan 293 ming gektarda tomchilatib sug‘orish tizimlari joriy etiladi.
Suv hisobini avtomatlashtirish, gidroinshootlardagi uskunalarni modernizatsiya qilish va beton qoplamali kanallar ulushini 47 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Tejamkorlik hisobiga joriy yilning o‘zida 10 milliard kub metr, 2028-yilgacha esa 14 milliard kub metrgacha suv iqtisod qilinishi kutilmoqda.
Prezident bu takliflarni ma’qullab, O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025–2028 yillarga mo‘ljallangan dasturini tasdiqladi.
Shuningdek, 11 ta tarmoq dasturini yagona platformaga integratsiya qilish, "O‘zbekkosmos" imkoniyatlaridan keng foydalangan holda IT-markaz va situatsion markaz tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po upravleniyu vodnimi resursami i razvitiyu irrigatsionnogo sektora
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po upravleniyu vodnimi resursami i razvitiyu irrigatsionnogo sektora - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2025
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po upravleniyu vodnimi resursami i razvitiyu irrigatsionnogo sektora
Bugungi kunda 2 612 ta suv obyekti davlat-xususiy sheriklik asosida berilgan. Endi yirik nasoslar ham xususiy sektorga taklif etiladi.
Mutaxassislar malakasini oshirish maqsadida 200 o‘rinli o‘quv markazi tashkil etiladi. Davlat rahbari normativ bazani takomillashtirish va suvni asrab-avaylash madaniyatini shakllantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Voda dlya sistemi kapelnogo orosheniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2025
Endi suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarlikni tasvirga olganlar rag‘batlantiriladi
Yangiliklar lentasi
0