Bosh prokurorning Senatdagi hisoboti: asosiy ma’lumotlar

© Press-slujba Senata RUzNigmatilla Yuldashev — generalniy prokuror Uzbekistana
Nigmatilla Yuldashev — generalniy prokuror Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2025
Obuna bo‘lish
Senatning o‘ninchi yalpi majlisida bosh prokurorining prokuratura organlarining 2024-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.
TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Senatning o‘ninchi yalpi majlisida O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning hisoboti eshitildi.
Boshqa masalalar qatorida bosh prokuror prokuratura hodimlari 2024-yilda aniqlagan huquqbuzarliklar va ko‘rilgan choralar to‘g‘risida ham aytib o‘tdi.
Jumladan, kambag‘allik reyestriga kiritilmasdan qolgan 5274 ta oila ro‘yxatga qo‘yilib, davlat ijtimoiy himoyasiga olinishi ta’minlandi, shu bilan birga, asossiz ro‘yxatga olingan va muhtoj bo‘lmagan 20129 ta oila reyestrdan chiqarildi va shu bilan ularga har oyda 32 milliard so‘m nafaqa noqonuniy to‘lanishing oldi olindi.

Nazorat tadbirlarda haqiqatda yaratilmagan 900 mingga yaqin ish o‘rinlari hisobotga qo‘shib yozilgan, 78 ta holatda 12 milliard so‘mlik ish haqi talon-toroj qilinganligi aniqlandi. Endokrinologiya va onkologiya kasalliklarni erta tasdiqlash va davolash ishlarida jiddiy nuqsonlar borligi, jumladan, qandli diabet va saratonni aniqlash bo‘yicha skrinning o‘tkazilmagan 160 ming nafar fuqaro hisobotlarga qo‘shib yozilganligi aniqlandi.

O‘rmon fondi yerlar xatlovdan o‘tkazilib, noqonuniy egallab olingan 30 ming gektar yerlar zaxiraga qaytarildi.
Madaniy meros obyektlari muhofazasini ta’minlash ishlari natijasida 606 arxeologiya yodgorligining muhofaza belgisi o‘rnatilishi, 204 tasiga muhofaza tegralari belgilanishi, 36 tasining kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishi, 66 noqonuniy qurilmaning bartaraf etilishi ta’minlandi.
Sohaga mas’ul rahbarlarning loqaydligi oqibatida Farg‘ona viloyatida 3 ta madaniy meros obyektini ta’mirlash va tiklash ishlarida 2 milliard so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi, Namanganda esa 16–17 asrlarga oid Bo‘zchi mozor arxeologiya yodgorligining bir qismi buzib tashlanib, 7 milliard so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Barcha aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Ma’lum qilinishcha, o‘tgan yili 489 nafar fuqaroga 3,8 mlrd so‘mlik kechiktirilgan ish haqi va boshqa to‘lovlar undirib berilgan, shuningdek, 11,2 mlrd so‘mlik ish haqi hamda unga tenglashtirilgan to‘lovlar talon-toroj qilinganligi aniqlanib, tegishli choralar ko‘rilgan.
Tadbirkorlar va xorijiy investorlarning 29 451 nafariga qonun ustuvorligi, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Lampa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2025
Bosh prokuratura: energiya resurslarini behuda sarflayotganlar javobgarlikka tortilmoqda
Yangiliklar lentasi
0