Bosh prokuratura: energiya resurslarini behuda sarflayotganlar javobgarlikka tortilmoqda

© iStock / Irina KlimovaLampa
Lampa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2025
Obuna bo‘lish
Turistik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi 0.15 kVt quvvatdagi elektr energiyasidan kunning yorug‘ vaqtida foydalangani uchun jarimaga tortilgan.
TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda energiya resurslaridan behuda foydalangan aholi va tadbirkorlar javobgarlikka tortilmoqda. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mamlakatda yoqilg‘i-energiya resurslaridan behuda foydalanish bilan bog‘liq holatlarni aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida 1 633 ta, jumladan, Toshkent shahrida 172 ta holatda energiya resurslarini behuda sarflash holatlari aniqlangan. Aybdor shaxslarga nisbatan ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilgan.
Misol uchun, shahardagi “A.T.” MChJga qarashli turistik xizmat ko‘rsatish shoxobchasida 0.15 kVt quvvatdagi elektr energiyasidan kunning yorug‘ vaqtida foydalanish holati aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Qayd etilishicha, respublikada energiya resurslaridan behuda foydalanish holatlarining oldini olish bo‘yicha 46 983 ta profilaktik tadbir o‘tkazilgan.
Bosh prokuratura tadbirkorlar va fuqarolardan energiya resurslaridan oqilona foydalashni so‘ragan va ulardan behuda foydalanish uchun javobgarlik mavjudligini eslatgan.
Liniya elektroperedach. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2025
O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi
Yangiliklar lentasi
0