https://oz.sputniknews.uz/20250821/bahrayn-kompaniya-hamkorlik-muhokama-51388695.html
Baxtiyor Saidov Bahraynning yetakchi kompaniyalari bilan strategik hamkorlikni muhokama qildi
Baxtiyor Saidov Bahraynning yetakchi kompaniyalari bilan strategik hamkorlikni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Bahraynning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish... 21.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-21T13:47+0500
2025-08-21T13:47+0500
2025-08-21T13:47+0500
o‘zbekiston
iqtisod
energetika
suv
baxtiyor saidov
neft
gaz
bahrayn
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/15/51387248_18:188:1199:853_1920x0_80_0_0_5c55d2c9ff9fb627034513a516bc4184.jpg
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov dunyoning yetakchi alyuminiy ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan "Aluminium Bahrain" (Alba) kompaniyasi bosh ijrochi direktori Ali Al Baqali bilan uchrashdi.Shuningdek, yashil energetikani ilgari surish, texnologik ishlab chiqarish, qo‘shma korxonalar tashkil etish va boshqa masalalar muhokama qilindi.Bundan tashqari, Baxtiyor Saidov “Lamar Holding” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Lina Nureddin bilan uchrashdi.Ma’lumot uchun, Lamar Holding – Fors ko‘rfazi mamlakatlarida neft-gaz sanoati, energetika, suv ta’minoti, suvni chuchuklashtirish va ijtimoiy infratuzilma sohalarida yirik loyihalarni amalga oshiruvchi yetakchi developer kompaniyalardan biri hisoblanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250821/vazir-bahrayn-uchrashuv-51382530.html
o‘zbekiston
bahrayn
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/15/51387248_32:0:1169:853_1920x0_80_0_0_d8a16d2f172964b2734ecafeae392f7c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, iqtisod, energetika, suv, baxtiyor saidov, neft, gaz, bahrayn
o‘zbekiston, iqtisod, energetika, suv, baxtiyor saidov, neft, gaz, bahrayn
Baxtiyor Saidov Bahraynning yetakchi kompaniyalari bilan strategik hamkorlikni muhokama qildi
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Bahraynning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov dunyoning yetakchi alyuminiy ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan "Aluminium Bahrain" (Alba) kompaniyasi bosh ijrochi direktori Ali Al Baqali bilan
uchrashdi.
Uchrashuvda iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, “Alba” kabi ilg‘or kompaniyalar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish O‘zbekiston bilan Bahrayn o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning muhim ustunlaridan biri ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, yashil energetikani ilgari surish, texnologik ishlab chiqarish, qo‘shma korxonalar tashkil etish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Baxtiyor Saidov “Lamar Holding” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Lina Nureddin bilan
uchrashdi.
"Ikki mamlakat ishbilarmonlari uchun hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlarini muhokama qildik. "Lamar Holding" kompaniyasining O‘zbekistonda yangi yo‘nalishlarni o‘rganishga bo‘lgan samimiy qiziqishini yuqori baholaymiz", – deya ta’kidladi vazir o‘z xabarida.
Ma’lumot uchun, Lamar Holding – Fors ko‘rfazi mamlakatlarida neft-gaz sanoati, energetika, suv ta’minoti, suvni chuchuklashtirish va ijtimoiy infratuzilma sohalarida yirik loyihalarni amalga oshiruvchi yetakchi developer kompaniyalardan biri hisoblanadi.