Mirziyoyev Afg‘oniston rahbariyatiga hamdardlik bildirdi

© AP PhotoZemletrasenie v Afganistane
Zemletrasenie v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2025
Obuna bo‘lish
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda ro‘y bergan 6,2 magnitudali zilzila oqibatida kamida 812 kishi halok bo‘lgan.
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston rahbariyatiga mamlakatdagi zilzila oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

“O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonning Kunar va Nangarhor viloyatlarida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida ko‘plab odamlar hayotdan ko‘z yumgani va jarohat olgani munosabati bilan birodar Afg‘oniston rahbariyatiga hamdardlik bildirdi”, - deya ma’lum qildi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonning to‘rt viloyatida kuzatilgan 6,2 magnitudali zilzila oqibatida kamida 812 kishi halok bo‘lgan 2800 nafardan ortiq kishi jarohatlangan. Qutqaruv-qidiruv ishlari davom ettirilmoqda. Ko‘plab qishloqlar butunlay vayron bo‘lgan.
Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulovning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston hukumati Rossiyadan yordam so‘ragan va hozir bu so‘rov ko‘rib chiqilmoqda.
Zemletrasenie v Afganistane, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2025
Afg‘onistondagi zilzila qurbonlari soni 800 kishiga yetdi
Yangiliklar lentasi
0