Mirziyoyev Pekindagi tantanali harbiy paradda ishtirok etdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennom meropriyatii v chest 80-y godovshini Pobedi vo Vtoroy mirovoy voyne
 Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennom meropriyatii v chest 80-y godovshini Pobedi vo Vtoroy mirovoy voyne - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2025
Obuna bo‘lish
Paradda Xitoy mudofaa sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan raketa tizimlari, tanklar, aviatsiya texnikasi va uchuvchisiz uchish apparatlarining eng so‘nggi namunalari namoyish etildi.
TOShKENT, 3 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahriga rasmiy tashrif doirasida Tananmen maydonida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanali harbiy paradda ishtirok etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda yigirmadan ortiq davlat rahbarlari va vakillari, jumladan, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron, Vyetnam, Misr va boshqa davlatlar yetakchilari ishtirok etdi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
 Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennom meropriyatii v chest 80-y godovshini Pobedi vo Vtoroy mirovoy voyne - Sputnik O‘zbekiston
1/5
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
 Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennom meropriyatii v chest 80-y godovshini Pobedi vo Vtoroy mirovoy voyne - Sputnik O‘zbekiston
2/5
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
 Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennom meropriyatii v chest 80-y godovshini Pobedi vo Vtoroy mirovoy voyne - Sputnik O‘zbekiston
3/5
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
 Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennom meropriyatii v chest 80-y godovshini Pobedi vo Vtoroy mirovoy voyne - Sputnik O‘zbekiston
4/5
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
 Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennom meropriyatii v chest 80-y godovshini Pobedi vo Vtoroy mirovoy voyne - Sputnik O‘zbekiston
5/5
1/5
2/5
3/5
4/5
5/5
XXR raisi Si Szinpin o‘z nutqida bugungi sharoitda tarixiy xotirani asrab-avaylash, tinchlikni saqlash va adolatni ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, paradda Xitoy xalq ozodlik armiyasining 45 ta bo‘linmasi ishtirok etdi. Xitoy mudofaa sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan raketa tizimlari, tanklar, aviatsiya texnikasi va uchuvchisiz uchish apparatlarining eng so‘nggi namunalari namoyish etildi.
Bunday paradlar 1949-yildan buyon Pekinda o‘tkazib kelinadi, qurolli kuchlarning so‘nggi katta ko‘rigi esa 2019-yil 1-oktabrda bo‘lib o‘tgan va unda 15 mingga yaqin ishtirokchi qatnashgan.
“O‘zbekiston prezidentining Pekin shahridagi tantanali tadbirlarda ishtiroki mamlakatimizning xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, tinchlik, barqaror taraqqiyot va farovonlik yo‘lida mintaqaviy va global darajada konstruktiv muloqotni rivojlantirishga qaratilgan izchil tashqi siyosatining navbatdagi tasdig‘i bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.
V Pekine sostoyalas vstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i prezidenta RF Vladimira Putina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2025
Mirziyoyev Pekinda Putin bilan uchrashdi
Yangiliklar lentasi
0