https://oz.sputniknews.uz/20250902/mirziyoev-putin-51691759.html
Mirziyoyev Pekinda Putin bilan uchrashdi
Mirziyoyev Pekinda Putin bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari ilgariroq bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqishdi.
2025-09-02T21:40+0500
2025-09-02T21:40+0500
2025-09-02T21:40+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
vladimir putin
rossiya
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/02/51691420_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_046b6dc621aa99d59fc7924e53acfa06.jpg
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Pekin shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, yetakchilar ilgariroq bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqishdi.Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sur’atini saqlab qolishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish muhim ekani ta’kidlandi.Gumanitar sohada, eng avvalo, madaniyat, san’at, fan va ta’lim yo‘nalishlarida samarali hamkorlik qilinayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashishdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/02/51691420_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_85258a5b30a78137d01f00141556f0cb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev vladimir putin uchrashuv pekin
shavkat mirziyoyev vladimir putin uchrashuv pekin
Mirziyoyev Pekinda Putin bilan uchrashdi
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Pekin shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, yetakchilar ilgariroq bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqishdi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sur’atini saqlab qolishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish muhim ekani ta’kidlandi.
“Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida loyihalarni tayyorlash hamda amalga oshirishni jadallashtirish, hududlar o‘rtasida va tashkil etilgan qo‘shma sanoat parklari doirasida kooperatsiya aloqalarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi”, - deyilgan xabarda.
Gumanitar sohada, eng avvalo, madaniyat, san’at, fan va ta’lim yo‘nalishlarida samarali hamkorlik qilinayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashishdi.