https://oz.sputniknews.uz/20250903/erosti-suv-hisoblagichsiz-taqiq-51699654.html
Yerosti suvini hisoblagichsiz olish taqiqlandi: faqat fuqarolarga 5 metr kubgacha ruxsat bor
Yerosti suvini hisoblagichsiz olish taqiqlandi: faqat fuqarolarga 5 metr kubgacha ruxsat bor
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yerosti suvini hisoblagichsiz olish taqiqlandi. Faqat jismoniy shaxslarga shaxsiy ehtiyoj uchun sutkasiga 5 kub. metrgacha ruxsat berildi
2025-09-03T12:02+0500
2025-09-03T12:02+0500
2025-09-03T12:02+0500
o‘zbekiston
jamiyat
yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
yaidxp
suv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/956/09/9560949_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_b0653d5fb4885e22071288dd67b10d6d.jpg
TOShKENT, 3 sen – Sputnik. O‘zbekiston hukumati qarori bilan “Yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashni ro‘yxatga olish va muhrlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.Reglamentga ko‘ra, ushbu davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali ko‘rsatiladi. Suv hisoblash vositalari bilan jihozlanmagan yerosti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi. Faqat yakka tartibdagi fuqarolar shaxsiy ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 kub. metrgacha suvni hisoblagichsiz olishlari mumkin.Suv hisoblash vositalari nasosli quduqlarda suv chiqishini boshqarish qurilmasidan oldin, favvorali quduqlar va buloqlarda boshqarish qurilmasidan keyin o‘rnatilishi lozim. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun BHMning 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Hududiy gidrogeologiya stansiyalari va tuman soliq inspeksiyalari so‘rovnoma yuborilgach, 10 kun muddatda yerosti suv olish inshootlarida o‘rnatilgan suv hisoblash vositalarini ro‘yxatga oladi va muhrlaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20250611/suv-huquqbuzarlik-tasvir-49854372.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/956/09/9560949_283:0:1030:560_1920x0_80_0_0_88642996d5a750caf1fb0ebf5ad70704.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yerosti suvini hisoblagichsiz olish, suv hisoblagichlar majburiyligi, 5 kub. metr suv cheklovi, yerosti suvlaridan foydalanish tartibi, yerosti suvini hisobga olish, suv hisoblagich o‘rnatish talablari, shaxsiy ehtiyoj uchun suv limiti, yerosti suvini hisoblagichsiz taqiq, suv resurslarini tejash o‘zbekiston, suv hisoblagich bilan suv olish
yerosti suvini hisoblagichsiz olish, suv hisoblagichlar majburiyligi, 5 kub. metr suv cheklovi, yerosti suvlaridan foydalanish tartibi, yerosti suvini hisobga olish, suv hisoblagich o‘rnatish talablari, shaxsiy ehtiyoj uchun suv limiti, yerosti suvini hisoblagichsiz taqiq, suv resurslarini tejash o‘zbekiston, suv hisoblagich bilan suv olish
Yerosti suvini hisoblagichsiz olish taqiqlandi: faqat fuqarolarga 5 metr kubgacha ruxsat bor
Endilikda O‘zbekistonda yerosti suvini hisoblagichsiz olish man etildi. Faqat shaxsiy ehtiyoj uchun jismoniy shaxslarga sutkasiga 5 kub. metrgacha ruxsat etilmoqda.
TOShKENT, 3 sen – Sputnik. O‘zbekiston hukumati
qarori bilan “Yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashni ro‘yxatga olish va muhrlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga ko‘ra, ushbu davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali ko‘rsatiladi.
Suv hisoblash vositalari bilan jihozlanmagan yerosti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi. Faqat yakka tartibdagi fuqarolar shaxsiy ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 kub. metrgacha suvni hisoblagichsiz olishlari mumkin.
Yerosti suv olish inshootlaridan olinayotgan suv hisobini yuritish uchun faqat O‘zbekistonda o‘lchash vositalari davlat reyestriga kiritilgan turlardagi suv hisoblash vositalarining o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Suv hisoblash vositalari nasosli quduqlarda suv chiqishini boshqarish qurilmasidan oldin, favvorali quduqlar va buloqlarda boshqarish qurilmasidan keyin o‘rnatilishi lozim.
Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun BHMning 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Hududiy gidrogeologiya stansiyalari va tuman soliq inspeksiyalari so‘rovnoma yuborilgach, 10 kun muddatda yerosti suv olish inshootlarida o‘rnatilgan suv hisoblash vositalarini ro‘yxatga oladi va muhrlaydi.