https://oz.sputniknews.uz/20250611/suv-huquqbuzarlik-tasvir-49854372.html
Endi suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarlikni tasvirga olganlar rag‘batlantiriladi
Endi suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarlikni tasvirga olganlar rag‘batlantiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi videomateriallarni yuborgan shaxslarga BHMning 25 foizi miqdorida pul beriladi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizomda nazarda tutilgan.
2025-06-11T16:45+0500
2025-06-11T16:45+0500
2025-06-11T16:45+0500
jamiyat
o‘zbekiston
suv
jarima
pul
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/14/45281865_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_7088258f0cc3fef49bbe0cc6ed09a0be.jpg
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi videomateriallarni yuborgan shaxslarga BHMning 25 foizi miqdorida pul beriladi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizomda nazarda tutilgan. “Jismoniy shaxslar tomonidan qayd etilgan suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi haqida”gi nizom Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 74-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarga nisbatan tatbiq etiladi. Foto va videomateriallarda quyidagilar aks ettirilishi lozim: Qoida tariqasida, foto va videomateriallarning davomiyligi 120 soniyadan oshmasligi lozim. Foto va videomateriallar 10 kun muddatda Inspeksiyaning mas’ul xodimi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Huquqbuzarlik 1-marotaba sodir etilgan bo‘lsa, huquqbuzarga suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi (qoidalari) takroran buzilishining oldini olishga qaratilgan tavsiyalar yuboriladi. Foto va videomateriallarni yuborgan shaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan BHMning 25 foizi miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Rag‘batlantirish jarima undirilgan kundan boshlab 15 kun muddatda amalga oshiriladi
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/14/45281865_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_e0ab5db7bef5f17f531f9da613c5e333.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar videomateriallar bhmning 25 foizi miqdorida pul v-nadzor.gov.uz
suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar videomateriallar bhmning 25 foizi miqdorida pul v-nadzor.gov.uz
Endi suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarlikni tasvirga olganlar rag‘batlantiriladi
Foto va videomateriallar 10 kun muddatda Inspeksiyaning mas’ul xodimi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi videomateriallarni yuborgan shaxslarga BHMning 25 foizi miqdorida pul beriladi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizomda nazarda tutilgan.
“Jismoniy shaxslar tomonidan qayd etilgan suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi haqida”gi nizom Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 74-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarga nisbatan tatbiq etiladi.
“Shaxslar huquqbuzarlikni videotexnika vositalari orqali qayd etib, 48 soatda Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga "v-nadzor.gov.uz" veb-sayti orqali yuboradi”, — deyiladi hujjat matnida.
Foto va videomateriallarda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
sodir etilgan huquqbuzarlik;
huquqbuzarlik sodir etgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa);
huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, aniqlangan sana va vaqt.
Qoida tariqasida, foto va videomateriallarning davomiyligi 120 soniyadan oshmasligi lozim.
Foto va videomateriallar 10 kun muddatda Inspeksiyaning mas’ul xodimi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Huquqbuzarlik 1-marotaba sodir etilgan bo‘lsa, huquqbuzarga suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi (qoidalari) takroran buzilishining oldini olishga qaratilgan tavsiyalar yuboriladi.
“Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanganidan keyin 1-yil davomida huquqbuzarlik takroran sodir etilgan taqdirda, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima solishga sabab bo‘ladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Foto va videomateriallarni yuborgan shaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan BHMning 25 foizi miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Rag‘batlantirish jarima undirilgan kundan boshlab 15 kun muddatda amalga oshiriladi