https://oz.sputniknews.uz/20250902/piskent-avtomobil-sinov-toxtatilish-51680361.html
Piskent avtopoligonida avtomobil sinovlari to‘xtatildi
Piskent avtopoligonida avtomobil sinovlari to‘xtatildi
Sputnik O‘zbekiston
Ma’lumotga ko‘ra, respublikada rasmiy dilerlar soni keskin oshgani va iste’molchilarning ular orqali avtomobil sotib olish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani tufayli Piskent avtopoligonida avtomobillarni sinovdan o‘tkazish amaliyoti to‘xtatiladi.
2025-09-02T14:54+0500
2025-09-02T14:54+0500
2025-09-02T14:54+0500
avtomobil
o‘zbekiston
jamiyat
eksport
diler
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/10/24576546_0:256:2731:1792_1920x0_80_0_0_5a90dfb29b03cd8c743a08eb57a29c26.jpg
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. 2025-yil 2-sentabrdan avtomobillarni Piskent sinov majmuasida (avtopoligonda) sinovlardan o‘tkazish amaliyoti to‘xtatiladi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi xabar berdi.2024 yilgacha O‘zbekistonda faqat 3 ta dilerlik markazi ishlagan va ular atigi 15 ta avtomobil modeli uchun turini ma’qullash hujjatini olgan edi. Hozirda esa 21 ta xorijiy kompaniyalarning rasmiy dilerlari faoliyat boshladi va 100 dan ortiq avtomobil modellari uchun turini ma’qullash hujjatlari rasmiylashtirildi.Ta’kidlanishicha, buning natijasida iste’molchilarga sifati va xavfsizligi ta’minlangan avtotransport vositalarini yetkazib berish tizimi takomillashtirilib, iste’molchilarga rasmiy dilerlardan turli rusumdagi avtotransport vositalarini xarid qilish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, agentlik ma’lumotida ta’kidlanishicha, import qilinayotgan avtomobillar sifatini ta’minlash doimiy nazoratda bo‘lib, nomuvofiqliklar yoki iste’molchilardan shikoyatlar aniqlanganda tegishli choralar ko‘riladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250827/trade-up-avtomobil-almashtirish-51540528.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/10/24576546_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_4aa3ee7a35ff328d57f301324977ead5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
piskent avtopoligoni, avtomobil sinovlari, rasmiy dilerlar o‘zbekiston, servis markazlari, avtomobil sifati va xavfsizligi, avtopoligon faoliyati, avtomobil importi o‘zbekiston
piskent avtopoligoni, avtomobil sinovlari, rasmiy dilerlar o‘zbekiston, servis markazlari, avtomobil sifati va xavfsizligi, avtopoligon faoliyati, avtomobil importi o‘zbekiston
Piskent avtopoligonida avtomobil sinovlari to‘xtatildi
Avtomobillarni Piskent avtopoligonida sinovdan o‘tkazish amaliyoti to‘xtatiladi. Bu chora rasmiy dilerlar va servis markazlari sonining ko‘payishi bilan izohlanmoqda
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. 2025 yil 2-sentabrdan avtomobillarni Piskent sinov majmuasida (avtopoligonda) sinovlardan o‘tkazish amaliyoti to‘xtatiladi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, agentlik tomonidan 2024-yil 1-noyabridan boshlab Piskent avtopoligonida mashinalar Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan texnik reglamentga muvofiq tekshirila boshlagan.
Shu tekshiruvlar jarayonida ma’lum bo‘lishicha, respublikaga texnik talablarga javob bermaydigan yengil avtomobillar ham kirib kelgan va ularni sinovdan o‘tkazish birma-bir amalga oshirilgan
2024 yilgacha O‘zbekistonda faqat 3 ta dilerlik markazi ishlagan va ular atigi 15 ta avtomobil modeli uchun turini ma’qullash hujjatini olgan edi. Hozirda esa 21 ta xorijiy kompaniyalarning rasmiy dilerlari faoliyat boshladi va 100 dan ortiq avtomobil modellari uchun turini ma’qullash hujjatlari rasmiylashtirildi.
Ta’kidlanishicha, buning natijasida iste’molchilarga sifati va xavfsizligi ta’minlangan avtotransport vositalarini yetkazib berish tizimi takomillashtirilib, iste’molchilarga rasmiy dilerlardan turli rusumdagi avtotransport vositalarini xarid qilish imkoniyati yaratildi.
Ma’lumotga ko‘ra, respublikada rasmiy dilerlar soni keskin oshgani va iste’molchilarning ular orqali avtomobil sotib olish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani tufayli Piskent avtopoligonida avtomobillarni sinovdan o‘tkazish amaliyoti to‘xtatiladi.
Shuningdek, agentlik ma’lumotida ta’kidlanishicha, import qilinayotgan avtomobillar sifatini ta’minlash doimiy nazoratda bo‘lib, nomuvofiqliklar yoki iste’molchilardan shikoyatlar aniqlanganda tegishli choralar ko‘riladi.