https://oz.sputniknews.uz/20250827/trade-up-avtomobil-almashtirish-51540528.html
O‘zbekistonda "Trade-up": endi eski avtomashinani boshqasiga almashtirish mumkin
O‘zbekistonda "Trade-up": endi eski avtomashinani boshqasiga almashtirish mumkin
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda foydalanishda bo‘lgan avtomobilni foydalanishda bo‘lgan boshqa avtomobilga almashtirish – “Trade-up” dasturi joriy etiladi. “Trade-up” – ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomototransport vositasini ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomototransport vositasiga narxlaridagi farqni to‘lagan (narxlaridagi farqni olgan) holda almashtirish.
2025-08-27T13:20+0500
2025-08-27T13:20+0500
2025-08-27T13:20+0500
o‘zbekiston
jamiyat
avto
diler
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0e/38916739_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_fee07267fca77b24925025062383ae3b.jpg
TOShKENT, 27 avg – Sputnik. O‘zbekistonda foydalanishda bo‘lgan avtomobilni foydalanishda bo‘lgan boshqa avtomobilga almashtirish – “Trade-up” dasturi joriy etiladi. 22-avgust kuni Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.Qarorda distributor va diler tashkilotlarining ilgari foydalanilgan avtomobillarni sotib olish, sotish va almashtirish huquqi qonun bilan mustahkamlandi.Qarorda quyidagi atamalarga izoh berilgan:
https://oz.sputniknews.uz/20241114/avtomobil-bozor-elektromobil-46613858.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0e/38916739_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_91d9f8196fc57c8c3528d7f4cd06480f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
eski avtomobil almashtirish trade-up dasturi o‘zbekiston qonun
eski avtomobil almashtirish trade-up dasturi o‘zbekiston qonun
O‘zbekistonda "Trade-up": endi eski avtomashinani boshqasiga almashtirish mumkin
Dilerlar faqat eski avtomobilni yangisiga qo‘shimcha to‘lov bilan almashtirib berishi mumkin edi, endi esa foydalanilgan avtomobilni boshqa foydalanilgan avtomobilga almashtirishi ham mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 27 avg – Sputnik. O‘zbekistonda foydalanishda bo‘lgan avtomobilni foydalanishda bo‘lgan boshqa avtomobilga almashtirish – “Trade-up” dasturi joriy etiladi. 22-avgust kuni Hukumatning tegishli qarori
qabul qilindi. Qarorda distributor va diler tashkilotlarining ilgari foydalanilgan avtomobillarni sotib olish, sotish va almashtirish huquqi qonun bilan mustahkamlandi.
Shuningdek, “Trade-up” dasturi joriy etildi — u orqali ilgari foydalanilgan avtomobilni boshqa foydalanilgan avtomobilga almashtirish mumkin.
Qarorda quyidagi atamalarga izoh berilgan:
“Trade-in” – ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomototransport vositasini yangi avtomototransport vositasiga narxlaridagi farqni to‘lagan (narxlaridagi farqni olgan) holda almashtirish;
“Trade-up” – ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomototransport vositasini ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomototransport vositasiga narxlaridagi farqni to‘lagan (narxlaridagi farqni olgan) holda almashtirish.
distributor tashkiloti — O‘zbekiston hududida yangi avtomototransport vositalarini realizatsiya qilish bo‘yicha ishlab chiqaruvchi bilan tegishli distributorlik kelishuviga ega yuridik shaxs.
diler tashkiloti - O‘zbekiston hududida yangi avtomototransport vositalarini realizatsiya qilish bo‘yicha distributor tashkiloti yoki ishlab chiqaruvchi bilan tegishli dilerlik kelishuviga ega yuridik shaxs.