O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi – ro‘yxat

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaItogi peregovorov liderov Uzbekistana i Kitaya
Itogi peregovorov liderov Uzbekistana i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2025
Obuna bo‘lish
Kelishuvlar madaniyat va sog‘liqni saqlash sohalaridan tortib iqtisodiy hamkorlik qilish masalalarigacha qamrab olgan.
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va XXR raisi Si Szinpinning Pekinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi doirasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlovchi ko‘plab ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan:
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini o‘zaro bog‘lash bo‘yicha hamkorlik dasturi;
Madaniyat markazlarini o‘zaro ta’sis etish to‘g‘risida bitim;
Tibbiy xizmatlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
O‘zbekistonga zemsnaradlar (texnik kema) berish loyihasining ikkinchi bosqichini loyihalashtirish bo‘yicha;
texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida;
muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
O‘zbekistondan Xitoyga qovun va bodom eksport qilishda fitosanitariya talablari to‘g‘risida;
kosmik fanlar, texnologiyalar va kosmik faoliyat natijalaridan tinchlik maqsadlarida foydalanishda hamkorlik qilish to‘g‘risida;
raqobat siyosati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
inson resurslarini rivojlantirish sohasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha;
raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha;
Samarqand viloyati va Tanszin shahri o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida;
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Xitoy Xalqaro savdoga ko‘maklashish kengashi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Xitoy yetakchilari strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilgani xabar qilingan edi. Mamlakatlar o‘zaro tovar ayirboshlashni 20 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Shavkat Mirziyoyev i Si Szinpin proveli peregovori v Kitae
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2025
O‘zbekiston va Xitoy yetakchilari uchrashdi
Yangiliklar lentasi
0