https://oz.sputniknews.uz/20250901/si-tszinpin-global-boshqaruv-51656513.html
Si Szinpin global boshqaruv tashabbusini bildirdi
Si Szinpin global boshqaruv tashabbusini bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
“Men global boshqaruv bo‘yicha tashabbusni bildirishni va hamma mamlakatlar bilan yanada adolatli va teng huquqli global boshqaruv tizimini yaratish ustida ishlash hamda insoniyatning yagona taqdiri uyushmasini yaratishni istagan bo‘lar edim”, - dedi Xitoy yetakchisi.
2025-09-01T18:23+0500
2025-09-01T18:23+0500
2025-09-01T19:14+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
si szinpin
xitoy
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/01/51656341_0:88:3484:2048_1920x0_80_0_0_ca3efbe71b03fddd34bd091a5b11cbb6.jpg
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Xitoy raisi Si Szinpin Tanszindagi “ShHT plyus”ning kengaytirilgan yig‘ilishida global boshqaruv tashabbusini bildirdi.Tashabbusga ko‘ra, hamma mamlakatlar, o‘zining katta-kichikligidan, kuchi yoki boyligidan qat’i nazar, global boshqaruv masalalarida teng huquqli ishtirok etish va imkoniyatiga ega bo‘lishi shart.Bundan tashqari, Xitoy raisi xalqaro huquq ustunligiga rioya qilish hamda ikki tomonla standartlardan va ayrim mamlakatlarga “o‘zining negizlarini” majburlab o‘tkazishdan tiyilish zarurligini ta’kidladi.Si Szinpinga ko‘ra, global boshqaruv keng maslahatlashuvlar, resurslarini birgalikda yaratish va foydalanishni nazarda tutadi, har qanday bir tomonlama xatti-harakatlar nomaqbul hisoblanadi.O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisining bu tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.ShHT sammiti Xitoyning Tanszin shahrida 31-avgust-1 sentabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda 20 tadan ziyod xorijiy davlat yetakchilari qatnashmoqda.Hozirda ShHT 10 ta a’zo davlatni (Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston) birlashtiradi. Shuningdek, ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega 2 ta davlat (Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston) va 14 ta muloqot bo‘yicha hamkor (Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka) mavjud. Tanszindagi sammitda kuzatuvchi maqomi sheriklarga o‘zgartirildi. Sammitda Laos sherik sifatida qabul qilindi. Shu tariqa ShHT sheriklari soni 17 taga yetdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250901/shht-plyus-mirziyoev-51654801.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/01/51656341_424:0:3155:2048_1920x0_80_0_0_c35e3a846a870c4539f960f4f9dcbd10.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
si szinpin global boshqaruv taklif
si szinpin global boshqaruv taklif
Si Szinpin global boshqaruv tashabbusini bildirdi
18:23 01.09.2025 (yangilandi: 19:14 01.09.2025) Unga ko‘ra, hamma mamlakatlar, o‘zining katta-kichikligidan, kuchi yoki boyligidan qat’i nazar, global boshqaruv masalalarida teng huquqli ishtirok etish va imkoniyatiga ega bo‘lishi shart.
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Xitoy raisi Si Szinpin Tanszindagi “ShHT plyus”ning kengaytirilgan yig‘ilishida global boshqaruv tashabbusini bildirdi.
“Men global boshqaruv bo‘yicha tashabbusni bildirishni va hamma mamlakatlar bilan yanada adolatli va teng huquqli global boshqaruv tizimini yaratish ustida ishlash hamda insoniyatning yagona taqdiri uyushmasini yaratishni istagan bo‘lar edim”, - dedi Xitoy yetakchisi.
Tashabbusga ko‘ra, hamma mamlakatlar, o‘zining katta-kichikligidan, kuchi yoki boyligidan qat’i nazar, global boshqaruv masalalarida teng huquqli ishtirok etish va imkoniyatiga ega bo‘lishi shart.
“Xalqaro munosabatlarni demokratizatsiya qilish va rivojlanayotgan mamlakatlar raisligi va ovozini kengaytirishga ko‘maklashish zarur”, - dedi Si Szinpin.
Bundan tashqari, Xitoy raisi xalqaro huquq ustunligiga rioya qilish hamda ikki tomonla standartlardan va ayrim mamlakatlarga “o‘zining negizlarini” majburlab o‘tkazishdan tiyilish zarurligini ta’kidladi.
Si Szinpinga ko‘ra, global boshqaruv keng maslahatlashuvlar, resurslarini birgalikda yaratish va foydalanishni nazarda tutadi, har qanday bir tomonlama xatti-harakatlar nomaqbul hisoblanadi.
O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisining bu tashabbusini
qo‘llab-quvvatladi.ShHT sammiti Xitoyning Tanszin shahrida 31-avgust-1 sentabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda 20 tadan ziyod xorijiy davlat yetakchilari qatnashmoqda.
Hozirda ShHT 10 ta a’zo davlatni (Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston) birlashtiradi. Shuningdek, ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega 2 ta davlat (Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston) va 14 ta muloqot bo‘yicha hamkor (Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka) mavjud. Tanszindagi sammitda kuzatuvchi maqomi sheriklarga o‘zgartirildi. Sammitda Laos sherik sifatida qabul qilindi. Shu tariqa ShHT sheriklari soni 17 taga yetdi.