ShHTning Tanszin deklaratsiyasi qabul qilindi – asosiy ma’lumotlar
12:26 01.09.2025 (yangilandi: 12:37 01.09.2025)

© Sputnik / POOL
/ Obuna bo‘lish
ShHT rahbarlari deklaratsiyasini ma’qullashdi.
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo mamlakatlar Tanszin deklaratsiyasini qabul qilishdi. Bu oliy darajadagi uchrashuvning asosiy hujjati bo‘ldi.
Yakuniy hujjatda, xususan, sammit ishtirokchilari quyidagilarni ma’lum qilishdi:
ShHTning Taraqqiyot bankini ta’sis etishga qaror qilishdi;
“kuzatuvchi” va “muloqot bo‘yicha sherik” maqomlarini birlashtirishadi;
Afg‘oniston tinchligi va rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi;
sun’iy intellekt bilan bog‘liq xavfsizlik uchun xatarlarning oldini olish uchun birgalikda ishlashadi
BMTni zamonaviy siyosiy va iqtisodiy voqelikka moslashtirish zarur deb atashdi;
terrorizmni barcha shakl va ko‘rinishlarini qoralashdi;
harbiy sohada hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirishdi;
AQSh va Isroilning Eron yadro infratuzilmasiga bergan zarbasini qoralashdi;
Yadro qurolini tarqatmaslik shartnomasi nizomlariga so‘zsiz rioya qilish tarafdori bo‘lishdi;
G‘azo sektorida ko‘plab tinch aholi halok bo‘lishiga olib ketgan harakatlarni qoralashdi va anklavda gumanitar vaziyat halokatli holatga kelib qolganini ta’kidlashdi;
giyohvand vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashda hamkorlik qilishga tayyorlar;
fazoni har qanday quroldan ozod saqlash tarafdori bo‘lishdi
sport musoqalarida qatnashish uchun to‘siqlarni olib tashlashga chaqirishdi;
ilmiy-texnik hamkorlik borasida kelishib olishdi;
oila institutini mustahkamlash va yoshlarni noqonuniy faoliyatga jalb qilishning oldini olishga chaqirishdi;
raislikni Qirg‘izistonga berishga qaror qilishdi.
ShHT sammiti Xitoyning Tanszin shahrida 31-avgust-1 sentabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda 20 tadan ziyod xorijiy davlat yetakchilari qatnashmoqda.
Hozirda ShHT 10 ta a’zo davlatni (Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston) birlashtiradi. Shuningdek, ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega 2 ta davlat (Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston) va 14 ta muloqot bo‘yicha hamkor (Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka) mavjud.
