https://oz.sputniknews.uz/20250815/ozbekiston-falastin-yordam-51250255.html
O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklarga yordam ko‘rsatiladi
O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklarga yordam ko‘rsatiladi
Sputnik O‘zbekiston
Falastinlik mehmonlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida farmon imzolandi. Endilikda mehmonlarga uy-joyning ijara xarajatlari qoplab beriladi, ular nafaqa va zaruriy... 15.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-15T10:22+0500
2025-08-15T10:22+0500
2025-08-15T10:22+0500
o‘zbekiston
falastin
insonparvarlik yordami
yordam
nafaqa
ishsizlik nafaqasi
ijara
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/0a/47497346_0:54:1024:630_1920x0_80_0_0_5dedc04eeec3e27ef65416a14ac3e891.jpg
TOShKENT, 15 avg – Sputnik. "O‘zbekistondagi bir guruh falastinlik fuqarolarga davlat g‘amxo‘rligi, mehr-shafqat tamoyillari asosida ko‘mak berish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-to‘g‘risida"gi prezident farmoni qabul qilindi.Farmon bilan falastinlik bemorlar va ularga hamrohlik qiluvchilarni O‘zbekistonda yashashga moslashtirish jarayoniga ko‘maklashish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Farmonga ko‘ra, nogironlikka olib keluvchi kasalliklarga chalingan O‘zbekistonga olib kelingan falastinlik fuqarolarga (mehmonlarga) qonunchilikda belgilangan davolanish muddatidan qat’i nazar nogironlik belgilanadi. Mehmonlarga zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa fuqarolarga beriladigan nafaqa tayinlanadi. Shuningdek, har bir mehnat yoshidagi mehmon uchun har oyda minimal iste’mol xarajatlari miqdorida yashash nafaqasi joriy etiladi. Mehmonlarning har bir oilasiga yashash manzili bo‘yicha uy-joyning ijara xarajatlari qoplab beriladi.Mehmonlarning oila a’zolariga shaxsiy hamrohlik qilish va individual ko‘mak berish maqsadida 1 tadan mahalladagi ijtimoiy xodim biriktiriladi. Mehmonlar yashash manzillari bo‘yicha ularning farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga joylashtiriladi. Mehmonlar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovidan 2028-yil 1-yanvarigacha ozod etiladi. Ularning farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga navbatga qo‘yilmagan holda, “Inson” markazlari talabnomasi asosida joylashtiriladi. Mehmonlarning yashash manzillari bo‘yicha oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida hisobga qo‘yiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20241112/falastin-bolalar-ayollar-davolash-mirziyoev-46565052.html
o‘zbekiston
falastin
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/0a/47497346_57:0:968:683_1920x0_80_0_0_2c38be9b3c51575c79be0c2c5a010015.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, falastin, insonparvarlik yordami, yordam, nafaqa, ishsizlik nafaqasi, ijara, jamiyat
o‘zbekiston, falastin, insonparvarlik yordami, yordam, nafaqa, ishsizlik nafaqasi, ijara, jamiyat
O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklarga yordam ko‘rsatiladi
Falastinlik mehmonlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida farmon imzolandi. Endilikda mehmonlarga uy-joyning ijara xarajatlari qoplab beriladi, ular nafaqa va zaruriy vositalar bilan ta’minlanadi
TOShKENT, 15 avg – Sputnik. "O‘zbekistondagi bir guruh falastinlik fuqarolarga davlat g‘amxo‘rligi, mehr-shafqat tamoyillari asosida ko‘mak berish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-to‘g‘risida"gi prezident farmoni
qabul qilindi. Farmon bilan falastinlik bemorlar va ularga hamrohlik qiluvchilarni O‘zbekistonda yashashga moslashtirish jarayoniga ko‘maklashish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Farmonga ko‘ra, nogironlikka olib keluvchi kasalliklarga chalingan O‘zbekistonga olib kelingan falastinlik fuqarolarga (mehmonlarga) qonunchilikda belgilangan davolanish muddatidan qat’i nazar nogironlik belgilanadi.
Mehmonlarga zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa fuqarolarga beriladigan nafaqa tayinlanadi.
Shuningdek, har bir mehnat yoshidagi mehmon uchun har oyda minimal iste’mol xarajatlari miqdorida yashash nafaqasi joriy etiladi.
Mehmonlarning har bir oilasiga yashash manzili bo‘yicha uy-joyning ijara xarajatlari qoplab beriladi.
Farmonga ko‘ra, mehmonlarning har bir oilasiga birlamchi zaruriy vositalar (oilada ishlatiladigan nooziq-ovqat mahsulotlari to‘plami) xaridi uchun bir martalik ko‘tarma pul to‘lab beriladi.
Mehmonlarning oila a’zolariga shaxsiy hamrohlik qilish va individual ko‘mak berish maqsadida 1 tadan mahalladagi ijtimoiy xodim biriktiriladi.
Mehmonlar yashash manzillari bo‘yicha ularning farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga joylashtiriladi.
Mehmonlar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovidan 2028-yil 1-yanvarigacha ozod etiladi.
Ularning farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga navbatga qo‘yilmagan holda, “Inson” markazlari talabnomasi asosida joylashtiriladi.
Mehmonlarning yashash manzillari bo‘yicha oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida hisobga qo‘yiladi.