O‘zbekiston va Misr kimyo sanoatida yangi qo‘shma loyihalarni boshlaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlagi Uzbekistana i Yegipta
Flagi Uzbekistana i Yegipta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2025
Obuna bo‘lish
Misr tomoni O‘zbekiston tajribasini o‘z ishlab chiqarish jarayonida qo‘llashni rejalashtirganini bildirdi.
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. O‘zbekiston va Misr kimyo sanoatida yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yadi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, "O‘zkimosanoatloyiha" AJ mutaxassislari ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma sanoat loyihalarini rivojlantirish maqsadida Misrda bo‘lishdi.
O‘zbekiston vakillari "Polyserve Group" rahbariyati bilan uchrashdi. Unda Misrda ammofos ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qildi.
"AbuZabaal Fertilizers & Chemicals Co." korxonasi bilan tanishuv chog‘ida ilg‘or texnologiyalar ko‘zdan kechirildi. Misr tomoni O‘zbekiston tajribasini o‘z ishlab chiqarish jarayonida qo‘llashni rejalashtirganini bildirdi.
Ta’kidlanishicha, qo‘shma loyiha nafaqat o‘g‘it ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, balki mintaqaviy oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligida barqaror o‘sishni qo‘llab-quvvatlash va ekologik jihatdan samarali texnologiyalarni tatbiq etishga xizmat qiladi.
Safar yakunlari bo‘yicha loyihani amalga oshirishning keyingi bosqichlari yuzasidan muvofiqlashtirish ishlarini davom ettirishga kelishildi.
Flagi Turkmenistana i Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston kimyo sanoati sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi
Yangiliklar lentasi
0