O‘zbekiston va Turkmaniston kimyo sanoati sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlagi Turkmenistana i Respubliki Uzbekistan
Flagi Turkmenistana i Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston elchisi Ravshanbek Alimov "Turkmankimyo" davlat konserni raisi Davrongeldi Sapboyev uchrashdi.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Turkmaniston kimyo sanoati sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston elchisi Ravshanbek Alimov "Turkmankimyo" davlat konserni raisi Davrongeldi Sapboyev uchrashdi.
Tomonlar kimyo sanoati sohasida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid dolzarb masalalarni atroflicha muhokama qilishdi. O‘zbekiston va Turkmanistonning bu boradagi mavjud salohiyatidan foydalangan holda qo‘shma loyihalarini amalga oshirish istiqbollariga e’tibor qaratildi.
“Ikki mamlakat hududlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirishdan tomonlarning manfaatdorligi qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Oliy darajada erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarning tizimli va izchil amalga oshirilishini ta’minlash masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Yangiliklar lentasi
0