Qaysi viloyatda oilalar orasida ajralishlar ko‘rsatkichi eng yuqori - tahlil

© etvita.ruIzmena
Izmena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2025
Obuna bo‘lish
Statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda har 227 oiladan biri ajrashadi. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida - har 167 oiladan biri ajrashadi, pasti Qashqadaryoda — har 305 oiladan biri.
TOShKENT, 27 avg – Sputnik. 2025 yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 10 244 241 ta oila mavjud. Bundan Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Qo‘mitaning rasmiy veb saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonda jami 45 135 ta oilalar ajrashgan.
Ushbu ma’lumotlarga asoslanib hisoblansa, O‘zbekistonda o‘rtacha har 227 oiladan biri ajrashmoqda. Bu umumiy oilalar soniga nisbatan 0,44 foizni tashkil etadi.
Hududlar kesimida oilalar soniga qaraganda ajrashishlar ulushi quyidagicha:

Hudud

Jami oilalar

soni

Ajrashishlar soni

Oilalar soniga nisbatan ajrashish ulushi

Nechta oiladan bittasi ajrashgan

Sirdaryo vil.

251415

1505

0,60%

167

Toshkent sh.

1011537

5913

0,58%

171

Andijon vil.

946450

4781

0,50%

198

Toshkent vil.

913510

4570

0,50%

199

Namangan vil.

834796

4123

0,49%

202

Jizzax vil.

370967

1696

0,46%

219

Samarqand vil.

1082846

4599

0,42%

235

Navoiy vil.

307744

1258

0,41%

245

Farg‘ona vil.

1177396

4800

0,41%

245

Surxondaryo vil.

740005

2893

0,39%

256

Buxoro vil.

615418

2329

0,38%

264

Qoraqalpog‘iston R.

499417

1755

0,35%

284

Xorazm vil.

580823

1924

0,33%

302

Qashqadaryo vil.

911917

2989

0,32%

305

Shuningdek, Oliy sud bergan axborotga ko‘ra, 2024-yilda jami kelib tushgan arizalardan: fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 32 217 ta nikoh bekor qilingan, 23 569 tasi bo‘yicha nikohlar bekor qilinmagan, 5 832 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan va 2 225 ta da’vo bo‘yicha ish yuritilishi tugatilgan.
Molodoj Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2025
O‘zbekistonda eng katta va eng kichik oilalar qaysi viloyatlarda?
Yangiliklar lentasi
0