ShHT sammiti oldidan Pekindagi ko‘rgazmada O‘zbekiston 27 ta eksponat bilan ishtirok etmoqda

© DUNYO axborot agentligi / Pekindagi ko‘rgazmaPekindagi ko‘rgazmada O‘zbekiston
Pekindagi ko‘rgazmada O‘zbekiston - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2025
Obuna bo‘lish
“Yorug‘ sivilizatsiyalar yulduzlari” nomli ko‘rgazmada tashkilotga a’zo 10 ta davlat ishtirok etdi. Ekspozitsiya uchun ulardan 220 ta nodir tarixiy eksponat saralab olingan.  
TOShKENT, 27 avg – Sputnik. Pekindagi Xitoy Milliy muzeyida “Yorug‘ sivilizatsiyalar yulduzlari: ShHT davlatlari milliy muzeylari madaniy merosi” nomli ko‘rgazma ochildi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar qilmoqda.
Tadbir ShHT sammiti oldidan tashkil etilgan bo‘lib, unga O‘zbekiston, Xitoy, Belarus, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya va Tojikistondan milliy va tarixiy muzeylar vakillari ishtirok etmoqda.
“Shanxay ruhi” shiori ostida o‘tkazilayotgan ekspozitsiya doirasida 10 ta davlatdan jami 220 ta noyob eksponat tanlab olingan. Har bir artefakt o‘z mamlakatining sivilizatsiyasi, rivojlanish tarixi va madaniy aloqalarini aks ettiradi.
O‘zbekiston tarix davlat muzeyi va davlat san’at muzeyi fondlaridan 27 ta eksponat taqdim etilgan. Ushbu asarlar qadimgi davrlardan tortib, XIX–XX asr san’atiga oid namunalarni o‘z ichiga oldi.
Shuningdek, Xitoy Milliy muzeyi o‘zi dunyoning eng yirik muzeylaridan biri hisoblanadi. Pekin markazidagi Tananmen maydoni yaqinida joylashgan bu muzey 2003-yilda inqilob va tarix muzeylarining birlashuvidan tashkil etilgan. Uning to‘plamida neolit davri topilmalari, bronza buyumlar, chin naqshlar, xattotlik asarlari, budda haykallari va hujjatlar kabi besh ming yildan ortiq tarixiy materiallar mavjud.
ShHT sammiti Tanszin shahrida (Shimoliy Xitoy) 31-avgust-1 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Hozirda ShHT 10 ta a’zo davlatni (Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston) birlashtirgan. Shuningdek, ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega 2 ta davlat (Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston) va 14 ta muloqot bo‘yicha hamkor (Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka) mavjud.
Flagi stran ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2025
Xitoydagi ShHT sammitiga 20 tadan ziyod mamlakat yetakchilari yig‘iladi
Yangiliklar lentasi
0